Kontent qismiga oʻtish

Sayqal

Vikipediya, erkin ensiklopediya
("Sayqal"dan yoʻnaltirildi)

"SAYQAL" — ikki qismli, asosan, tanbur, gʻijjak va dutorda, 20-asr oʻrtalaridan sozandalar ansambli tomonidan ijro etib kelinayotgan oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylaridan. Ufar doira usuliga bogʻlangan. Shashmakrmdagi Segoh maqomi yoʻllarining varianti boʻlib, "Segoh" va "Girya" ashulalariga hamohang. Kuy rivojida peshrav uslubi muhim rol oʻynaydi. Bastakorlar T. Jalilov va Yu. Rajabiylar musiqali drama asarlarida Sdan foydalangan. S.ning surnay yoʻllari keng tarqalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil