Kontent qismiga oʻtish

Shirin bilan shakar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Shirin bilan shakar"dan yoʻnaltirildi)

Shirin bilan Shakar (Erali va Sherali) — ishqiy doston. Fozil Yoʻldoshoʻgʻli, Poʻlkan shoir, Bekmurod baxshi Joʻraboy oʻgʻli, Yorlaqab baxshi Beknazar oʻgʻli kabi xalq shoirlari kuylagan. Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olingan (1929). Asarda emikdosh Shirin bilan Shakarning oʻgay ona tuhmati bilan xon otalari tomonidan oʻlimga hukm qilinishi va ularning uzoq muddatli ayriliq va darbadarlikdan soʻng oʻz yurtiga qaytib kelishi tasvirlanadi. Dostonda darbadarlikda yurgan Shakarning tilsimli togʻda ajdar qoʻriqlab yotgan Gulgun pariga gʻoyibona oshiq boʻlishi va unga yetishish yoʻlida ajdar hamda zolim shoh Qoraxonga qarshi kurashi ham qamrab olingan. Dostonda elyurtga muhabbat, sevgida sadoqat, insonparvarlik, bahodirlik kabi fazilatlar ulugʻlangan. Doston 2 marta mustaqil kitob (1941, 1955) hamda xalq ogʻzaki ijodi asarlari turkumining 19-kitobi ("Orzigul")da nashr qilingan (1975).