Buxoro vino zavodi
Qiyofa
("Shohrud" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiningvino zavodidan yoʻnaltirildi)
Buxoro vino zavodi, „Shohrud“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining vino zavodi — vinoaraq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi. „Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding“ kompaniyasi tarkibiga kiradi. Buxoro shahrida joylashgan. 1941-yilda Buxoro vino zavodi nomi bilan tashkil etilgan. 1994-yildan „Shohrud“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Asosan kuchsiz („Bayan shirey“, „Bihishti“, „Oq jilvon“, „Qizil jilvon“), kupli („Shohrud“) va desert („Jondor“, „Amiri“, „Kagor“) uzum vinolari, araq(„Shoxrud“), Balzam(„Shifobaxsh“) brendi, Konyak(„Buxoro“) va uzum sharbatlari ishlab chiqaradi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan olingan zamonaviy texnologik jihozlar oʻrnatilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |