Kontent qismiga oʻtish

Skayleb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Skayleb"dan yoʻnaltirildi)
SKAYLEB

SKAYLEB (inglizcha: skylab; Sky laboratory — osmon laboratoriyasi) — bortida astronavtuchuvchisi boʻlgan, kosmik fazoda, Yer atrofida uchishga moʻljallangan amerika orbital st-yasi nomi. 1973-yil "SKAYLEB" "Saturn5" ER yordamida (uchinchi bosqichsiz) orbitaga chiqarilgan. "SKAYLEB"ni uchirishdan maqsad uni orbitada "Apollon"ga tutashtirish, insonning uzoq muddat kosmik uchish sharoitiga adaptatsiyasini va Yerga tortilish readaptatsiyasini oʻrganishga moʻljallangan tibbiybiologik tekshirishlar oʻtkazish, Quyoshni kuzatish, Yerning tabiiy resurelarini oʻrganish, texnik eksperiment oʻtkazish. Dastlabki orbitaning perigeyi 434 km, apogeyi esa 437 km ga teng boʻlib, ekvatorga ogmaligi 50°, davri 93,2 minutni tashkil etadi. "SKAYLEB"ning massasi 77 t, uz. 25 m, maksimal diametri 6,6 m. Stya blokida yashash boʻlmasi, lab., yotoqxona, tibbiyot, dam olish xonalari, oshxona, ovqatlanish xonasi, turli mashq va tajribalar oʻtkazish boʻlmalari mavjud.