Venera (sayyora)
Venera haqiqiy rangida |
|||||||
Mehvar tasnifi | |||||||
Oʻrtacha radius | 108 208 930 km | ||||||
Ekssentrisiteti | 0,0068 | ||||||
Aylanish davri | 224,701 sutka | ||||||
Sinodik davri | 583,92 sutka | ||||||
Eng kichik orbital tezligi | 34,784 km/s | ||||||
Oʻrtacha orbital tezligi | 35,020 km/s | ||||||
Eng katta orbital tezligi | 35,259 km/s | ||||||
Chekinish | 3,394° | ||||||
Tabiiy yo'ldoshlar soni | 0 | ||||||
Fizik tasnif | |||||||
Ekvatorining diametri | 12 103,6 km | ||||||
Maydoni | 4,60×108 km2 | ||||||
Massasi | 4,869×1024 kg | ||||||
Oʻrtacha zichlik | 5,24 g/sm3 | ||||||
tortish kuchi | 8,87 m/s2 | ||||||
Aylanish davri | -243,02 sutka | ||||||
Ekliptikaga ogʻish burchagi | 2,64° | ||||||
Albedo | 0,65 | ||||||
Ikkinchi kosmik tezlik | 10,4 km/s | ||||||
Sirtidagi Harorat |
| ||||||
(*Minimal harorat bulut qatlamining eng ustiga oid.) | |||||||
Atmosfera tasnifi | |||||||
Atmosfera bosimi | 9 321,9 kPa | ||||||
Uglerod dioksidi | 96 % | ||||||
Azot | ~3,5 % | ||||||
Oltingugurt dioksidi | 0,015 % | ||||||
Suv bugʻi | 0,002 % | ||||||
Uglerod monooksidi | 0,0017 % | ||||||
Argon | 0,007 % | ||||||
Geliy | 0,0012 % | ||||||
Neon | 0,0007 % | ||||||
Kislorod | izlar | ||||||
Karbonilsulfid | izlar | ||||||
Vodorod xlorid | izlar | ||||||
Vodorod ftorid | izlar | ||||||
Venera yoki Zuhro — Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi boʻyicha ikkinchi sayyora.
Venera — ichki sayyora va Yer osmonida Quyoshdan 48° dan uzoqroq uzoqlashmaydi. Venera — yorqinligi boʻyicha osmondagi uchinchi jism. U qadim zamondan beri tanilgan sayyoralarga kiradi.
VENERA, Zuhro — Quyosh sistemasining Kuyoshdan uzoqligi jihatdan ikkinchi sayyorasi. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 0,723 astronomik birlik (108,3 mln. km), massasi Kuyosh massasining 0,9528 ulushini tashkil etadi, oʻrtacha zichligi 5,27 g/sm³ (Yerniki 5,5 g/sm³) orbita ekssentrisiteta — 0,0068 (yaʼni Quyosh atrofida aylanish yoʻli deyarli doyra), orbita tekisligi ekliptika bilan 3°23’7" burchak tashkil etadi. V. orbitasida 35 km/sek tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 224 sutka 14 soat 49 min. (0,62 yil) da toʻla bir marta aylanib chiqadi. V. aylanish oʻqining fazodagi vaziyati va oʻz oʻqi atrofida aylanish davri haqida aniq maʼlumot yoʻq. 1961-yildan boshlab sobiq Ittifoq va AQShda oʻtkazilgan baʼzi radiolokatsion kuzatishlarga qaraganda, V. oʻz oʻqi atrofida soat miliga teskari tomonga aylanadi. Aylanish davri 117 kun. V. ning Yerga har doim bir tomoni koʻrinadi. V. ning bulutli qobigʻi bilan birga hisoblangan diametri 12228 km. V. uchun ikkinchi kosmik tezlik 10,2 km/sek (Yer uchun 11,2 km/sek). V. ning Yerdan eng yaqin masofasi 38 mln. km, eng uzok, masofasi 261 mln. km. Sayyorani ertalab sharkda yoki kechqurun gʻarbda Quyoshdan k’J.ih bilan 48° uzoqlikda koʻrish mumkin. Italyan astronomi Galiley 1610-yil da birinchi boʻlib V. ning Oyga oʻxshash turli fazalarda koʻrinishini kuzatgan. Ketma-ket kelgan ikkita bir xil fazalari orasida oʻtadigan vaqt (sinodikdavri) 584 kun. V. ning koʻrinma diametri 10"— 64". Quyosh sistemasida Kuyosh va Oydan keyin eng yorugʻ jismdir. Ravshanligi — 3,3; — 4,3 yulduz kattaligida. V. atrofini kuyuq bulutli atmosfera oʻrab turadi. V. atmosferasini birinchi marta M. V. Lomonosov sayyoraning Quyosh diskidan oʻtish hodisasini kuzatib ochgan (1761). Bunday hodisa iyun yoki dek. oylarida, har 8: 105,5; 8, 121,5 yilda takrorlanib turadi. Oxirgi marta 1874-yil 9 dek. va 1882-yil 6 iyunda V. quyosh diskidan oʻtgan. Yaqin kelajakda bu hodisa 2004 i. 8 iyunda va 2012-yil 6 iyunda roʻy beradi. V. atmosfe-rasi, asosan, karbonat angidrid va is gazi (-90—95%), azot (-5%), kislorod (1%) dan iborat. Atmosferada sezilarli darajada suv bugʻi topilmagan. Yerdagiga qaraganda 100000 baravar kam vodorod bor. V. atmosferasining bunday tarkibi va quyuqligi sababli, uning sirtini Yerdan koʻrib boʻlmaydi. Atmosferasining asosiy massasi 60 km qalinlikdagi qatlamda joylashgan. Nazariy hisoblarga koʻra, uning yuqori qismidagi bosim 300—600 mb. Quyoshga qaragan tomonida temperatura 400±70°, teskari tomonida 200+120°. V. ga uchirilgan "Venera-4" (1967), "Venera-5" (1969), "Venera-6" (1969), "Venera-7"> (1970), "Venera-9" va "Venera-10" (1975) sayyoralararo avtomatik st-yalar (SAS) yordamida olingan maʼlumotlarga karaganda, sayyora sirtidan 25 km balandlikda bosim 1 atm ga teng , temperatura 40°. Sirtida bosim 15—20 atm, temperatura -280°. Quyosh nuri Yerga qaraganda V. ga 2 baravar ortiq tushgani bilan uning 70% i yana fazoga qaytariladi (V. albedosi 0,7, Yerniki esa 0,36). Shuning uchun V. va Yer Kuyoshdan deyarli bir xil miqdorda issiqlik oladi. V. ning infraqizil nurlarini uning quyuq atmosferasi tutib qoladi, shu sababli, uning temperaturasi yuqori boʻladi. Parnik effekti deb ataluvchi bu hodisa tufayli Yerning oʻrtacha temperaturasi 40° yuqori boʻlsa, V. da uning taʼsiri katta boʻladi. V. dagi magnit maydonining dipol momneti Yernikiga qaraganda 10000 baravar kichik boʻlganidan uning magnit maydoni deyarli yoʻq desa boʻladi. Tuprogʻi gʻoyat issiq, asosan, qum-toshli saxro boʻlishi kerak. V.da hayot bormi degan masala hal qilingan emas. V. "Venera11"va"Venera-12"SAS(1978), AKSH "Mariner" (1967), "Pioner-Venera" va "Pioner-Venera-2" st-yalari (1978) yordamida ham tadqiq qilingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]