Kontent qismiga oʻtish

Izmir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(İzmirdan yoʻnaltirildi)

Izmir (Turkiya turkchasida İzmir) - Turkiyaning gʻarbidagi shahar, yirik port. Izmir elining maʼmuriy markazi. Egey dengizining Izmir qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 2,018 mln. kishi (1995). Izmir mil. av. 2ming yillikda bunyod etilgan va Smirna (yunoncha Smirne) deb atalgan. 15-asrdan Usmonli turklar saltanati tarkibida. 18-asr oxiridan Izmir Turkiyaning iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri. 1919 yil 15 mayda shaharni Gretsiya askarlari okkupatsiya qildi; 1922 yil 9 sentabrda ozod qilindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin I. porti harbiy dengiz baza-siga aylantirildi. Izmir Turkiyaning eksport boʻyicha bi-rinchi, import boʻyicha (Istanbuldan keyin) 2-oʻrindagi porti. Temir yoʻl va shosse yoʻllar tugu-ni. Xalqaro ahami-yatga ega aeroport bor. Muhim qishloq xoʻjaligi rayonining (tamaki, paxta, uzum, zaytun, don yetishtiriladi) sanoat va savdo markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki, sement, oyna-keramika, yogʻochsozlik, mashina-sozlik, kemasozlik va b. korxonalari bor. Izmir atrofidan lignit, simob, asbest qazib chiqariladi. Shaharda har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. Universitet, iqtisodiyot va savdo akademiyasi, konservatoriya, arxeologiya muzeyi bor. Qad. binolarning qoldiklari (maqbaralar, teatr, stadion va boshqalar) sakdangan. IZO... (yunoncha isos — bir xil, teng) — qoʻshma soʻz boʻlagi boʻlib, oʻzi qoʻshilgan soʻzga tenglik yoki turi, vazifasi jihatidan oʻxshashlik maʼnosi ifodasini beradi (mas, izomeriya, izotoplar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil