Haj: Jannat onalar oyog‘i ostida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Haj: Jannat onalar oyog‘i ostida
Бейиш - эненин таманында

Filmning o‘zbek tilidagi posteri
Rejissyor(lar) Ruslan Akun
Prodyuser(lar) Tug‘ulbay Qo‘ychiev
Ssenariynavis(lar)

Ruslan Akun
Emil Esenaliyev

[1][2]
Rollarda Emil Esenaliyev
Anorqul Nazarqulova
Bolot Tentimishov[1][2]
Bastakor(lar) Irisbek Usmonov
Operator(lar) Qanibek Kalmatov
Studiya(lar) „AVK`PRO“
Chiqarilgan sanasi Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston: 2024-yil, 1-mart
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston: 2024-yil, 21-mart[3]
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston: 2024-yil, 11-aprel
Rossiya bayrogʻi Rossiya  : 2024-yil, 11-aprel[4]
Olmoniya bayrogʻi Germaniya: 2024-yil, 26-aprel[5]
Davomiyligi 140 daqiqa
Mamlakat Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston[1]
Til qirgʻizcha
Byudjeti Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston — 1 milliard tenge[6]
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston — 3 339 047 200 soʻm[7]

"Haj: Jannat onalar oyogʻi ostida"— (ruscha: Рай под ногами матерей) — taniqli qirgʻiz rejissori Ruslan Akun 2024-yil yaratgan drama film. Filmda bosh rollarni Emil Esenaliev, Tugolbay Qoychiev, Bolot Tentimishov, Ruslan Akun va Anarkul Nazarqulovalar ijro etishgan[8].

Film syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jannat onalar oyogʻi ostida nomli kinoda oʻzi 35 yoshda, ammo aqliy rivojlanishi 8 yoshli bolanikidek boʻlgan, boshqacha inson, Odil haqida hikoya qiladi. U 75 yoshli onasi, Rayhon opa bilan birga kichik bir qishloqda yashaydi. Onasi Odilga, Yaratgan uni boshqacha sevishini va u toʻgʻri jannatga tushishini doim aytib kelgan. Ammo Odil jannatga onasisiz kirishni istamaydi. Bir kuni u boshqa 8 yoshli boladan, agar onasini muqaddas Makka shahriga piyoda olib-borib kelsa, onasi ham jannatga tushishi mumkinligi haqida eshitadi[9]. Film tomoshabinlarga Odil va uning onasi sayohatlarida oʻtadigan hududlarning hayratlanarli manzaralari va madaniy xususiyatlarini ochib beradi. Odilning safari Qirgʻiziston Respublikasidan boshlanib, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Turkiya va Suriyadan oʻtib, muqaddas ziyoratgohga yetib borishi qiyin boʻlgan haj ziyoratiga aylanadi[10]. .

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Odil rolida — Emil Esenaliyev
  • Rayxon opa rolida — Anorqul Nazarqulova
  • Bolot Tentimishov[11]

Kinoteatrlardagi namoyish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning kinoteatrlardagi namoyishi Oʻzbekistonda 2024-yil 11-apreldan boshlanadi. Film Toshkentning 7 ta kinoteatrida, 7 kun ichida 50 ta seansda koʻrsatilib, 1 308 647 350 soʻm mablagʻ yigʻishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek ikkinchi hafta 16 ta kinoteatrlarda har kuni 100 ta seansda namoyish etilib, 3 339 047 200 soʻm mablagʻ yigʻdi[12].

Mualliflik huquqlaring buzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻiz kinoijodkorlari ishlagan Jannat onalar oyogʻi ostida filmni universiteti faollar zalida talabalarga qoʻyib bergan Andijon davlat universiteti prorektori Xurshidbek Xojamberdiyev harakatlari 13-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudida koʻrib chiqilib, mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlikda aybdor deb topigan va sud qarori bilan 340 ming soʻm jarima jazosi qoʻllanilgan[13].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 23-may kuni Moskva shahrida boʻlib oʻtgan III Xalqaro toʻgʻri kino festivalida Ruslan Akunning „Onalar oyogʻi ostidagi jannat“ filmi Gran-prix mukofoti bilan taqdirlangan[14].

Daromadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻiziston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jannat onalar oyogʻi ostida filmi toʻrt kun ichida (21-24-mart kunlari) 1 million dollardan ortiq daromad qilib, koʻplab xorijiy spektakllarni ortda qoldirib, Qozogʻistonda kassa daromadi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi[15].

Oʻzbekiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning O‘zbekistondagi rasmiy hamkori hisoblangan iTV xizmati xabar berishicha, 11-aprel kuni Toshkentda premyerasi boʻlib oʻtgan Jannat onalar oyogʻi ostida filmi namoyish etilganidan soʻng bir hafta ichida 1,3 milliard so‘m ($103 000) ishlab topgan[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Jannat onalar oyog'i ostida“. https://www.afisha.uz. Afisha.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  2. 2,0 2,1 „Jannat onalar oyog'i ostida“. https://itv.uz. iTV. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  3. „«Пейіш. Жұмақ ананың табанының астында» фильмі жарыққа шығады“ (kk). Qazaqstan.tv. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  4. „«Рай под ногами матерей» — большой шаг для мусульманского кино“ (ru). Татар информ. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
  5. „В Берлине состоялся показ фильма «Рай под ногами матерей»“ (ru). Kabar.kg. Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
  6. „Киргизский фильм «Рай – под ногами матери» выходит в прокат в России“ (ru). Большая Азия. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  7. „«Jannat onalar oyog'i ostida»“.
  8. „Рай под ногами матерей (2024)“. kinopoisk.ru. Кинопоиск. Qaraldi: 20-may 2024-yil.
  9. „Рай под ногами матерей“. film.ru. Film.ru. Qaraldi: 20-may 2024-yil.
  10. „Kyrgyzstan’s blockbuster film is a moving tale of the bond between a mother and son“. globalvoices.org. Qaraldi: 20-may 2024-yil.
  11. „«Пейіш. Жұмақ ананың табанының астында»“ (ru). Ticketon.kz.
  12. „«Jannat onalar oyog'i ostida»“.
  13. „Andijonda “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan prorektor jarimaga tortildi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 20-may 2024-yil.
  14. „Kyrgyz film “Paradise under Mothers’ Feet” wins Grand Prix at Moscow festival“. 24.kg/english. «24.kg». Qaraldi: 20-may 2024-yil.
  15. „Kyrgyz Cinema Days Open in Astana with Dazzling Mother-Son Pilgrimage Story“. astanatimes.com. THE ASTANA TIMES. Qaraldi: 20-may 2024-yil.
  16. „Фильм «Рай под ногами матерей» за неделю заработал в Ташкенте более 1 миллиарда сумов“. afisha.uz. Afisha Media. Qaraldi: 20-may 2024-yil.