Verter effekti
Qiyofa
(Эффект Вертераdan yoʻnaltirildi)
Verter effekti ; Verter sindromi televidenie yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan yoki mashhur badiiy adabiyot yoki kino asarida tasvirlangan o'z joniga qasd qilishdan so'ng sodir bo'luvchi taqlid qilish natijasida kelib chiqadigan o'z joniga qasd qilishning ommaviy to'lqinidir. Mazkur effekt 1974-1975-yillarda sotsiolog Devid Fillips tomonidan aniqlangan. Devid Filips XVIII asr oxirida butun Yevropani qamrab olgan o'z joniga qasd qilish to'lqinini o'rgangan. O'z davri uchun mashhur Gyotening"Yosh Verterning iztiroblari" romanidan so'ng (shu yerdan fenomen nomi kelib chiqqan) ushbu hodisa kuzatilgani aniqlangan.