„Belgradni ozod qilganlik uchun“ medali
„Belgradni ozod qilganlik uchun“ medali | |||
---|---|---|---|
| |||
Mamlakat | SSSR | ||
Turi | medal | ||
Holati | qoʻllanilmaydi | ||
Statistika | |||
Koʻrsatkichlari |
diametri-32mm lenta kengligi-24mm | ||
Taʼsis sanasi | 1945-yil 9-iyun | ||
Mukofotlash soni | taxminan 70 000 atrofida | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | „Berlinni egallab olgani uchun“ medali | ||
Kenja mukofot | „Varshavani ozod qilgani uchun“ medali | ||
"Belgradni ozod qilganlik uchun" medali — SSSR Qurolli Kuchlari Prezidiumining 1945–yil 9–iyundagi farmoni asosida ta'sis etilgan medal. Medalning dizayni rassom A. I. Kuznetsov tomonidan yaratilgan[1].
Medal to'g'risidagi nizom
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Belgradni ozod qilganlik uchun" medali Qizil Armiya , Harbiy-dengiz floti va NKVD qo'shinlarining harbiy xizmatchilariga 1944-yil 29-sentabrdan 22-oktabrgacha boʻlgan davrda Belgradni qahramonlarcha hujum qilishda ishtrok etganlar va ozod qilishning bevosita ishtirokchilariga shuningdek shaharni ozod qilish paytidagi harbiy harakatlar tashkilotchilarga va rahbarlariga beriladi[1]. Medal bilan taqdirlash SSSR Oliy Kengashi nomidan Belgradni ozod qilishda haqiqiy ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida topshirildi. Xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar medalni qism komandiri tomonidan, harbiy xizmatni oʻtagan nafaqaxoʻrlar viloyat, shahar yoki tuman harbiy komissari tomonidan olishadi[1]. "Belgradni ozod qilganlik uchun" medali ko'krakning chap tomoniga taqilgan va SSSRning boshqa medallari boʻlgan taqdirda "Berlinni egallab olganligi uchun" medalidan keyin joylashgan. "Belgrad ozodligi uchun" medali 70 mingga yaqin kishiga topshirilgan[2].
Medalning tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Belgrad ozodligi uchun" medali tompakdan (guruchdan) yasalgan va diametri 32 mm boʻlgan muntazam doira shakliga ega. Medalning old tomonida aylana bo'ylab "OZODLIK UCHUN" yozuvi, markazda "BELGRAD" yozuvi, uning yuqori qismida besh qirrali yulduzcha, aylana bo'ylab dafna gulchambari tasvirlangan. Medalning old tomoni o'zgacha hoshiya bilan chegaralangan. Medalning orqa tomonida Belgradning ozod qilingan kun sanasi "1944-yil 20-oktabr" sanasi yozilgan,tepasida besh qirrali yulduzcha tasiri joylashgan. Medaldagi barcha yozuvlar va tasvirlar qavariq qilib ishlangan[1]. Medal ko'z va halqa yordamida kengligi 24 mm boʻlgan yashil ipak muare lentasi bilan qoplangan beshburchak blokga bog'langan. Lentaning o'rtasida 8 mm kenglikdagi qora chiziq bor[1].
Qabul qiluvchilar (qisman ro'yxati)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi shaxslar "Belgrad ozodligi uchun" medali bilan taqdirlanganlar.
- Sovet Ittifoqi marshali Fyodor Ivanovich Tolbuxin
- Sovet Ittifoqi marshali Sergey Semyonovich Biryuzov
- Sapper Vladimir Fedorovich Chekalov
- Armiya generali Semion Pavlovich Ivanov
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „«SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 9-iyundagi farmoni»“. libussr.ru. Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
- ↑ Шуняков Д. В. Награды удостоены… Статистические данные по награждению советскими орденами и медалями в годы Второй мировой войны. //Harbiy tarix jurnali. — 2021. — № 5. — С.48.