Kontent qismiga oʻtish

Geraniol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(0n18odan yoʻnaltirildi)

Geraniol, S,0N18O — organik birikma, rangsiz yoki och-sariq rangli atir-gul hidli suyuqlik. Mol.m. 154,26. Suyuqlanish temperaturasi — 15°, qaynash temperaturasi 229-230°, zichligi 889 kg/m3. Suvda yomon eriydi, etanolda va propilenglikolda yaxshi eriydi. Geraniy, atirgul, sitronella va b. efir moylari tartibida a- va r\-shakllari aralashmasi holida boʻladi; murakkab efir koʻrinishida yovvoyi sabzi mevasidan olinadigan efir moy i da ham mavjud. Olinish usullari: efir moylaridan ajratib olish: sitralni selektiv gidridlash; linaloolani vanadiy katalizatorlari ishtirokida izomerlash; mirsenni gidroxlorlash; xloridlarni CHjCOONa bilan birga qizdirish va hosil boʻlgan atsetatlarni gidrolizlash; izopren bilan xlorid kislotani SnCl, ishtirokida telomerizatsiyalash va olingan xloridlarni gidrolizlash. G.ning sisizomeri (nerol) ham a- va R-shakllari aralashmasi holida mavjud boʻlib, G.ga nisbatan xushboʻyroq (atirgul hidli) rangsiz suyuqlik. Qaynash temperaturasi 229230°, zichligi 876 kg/m3. Suvda erimaydi, etanolda yaxshi eriydi. Nerol, atirgul va b. efir moylaridan ajratib olinadi. G. va nerol murakkab efirlar, xushboʻy moddalar olishda, xushboʻy hidli atirypa, sovun va yuvish vositalari i.ch. da qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil