2002
Qiyofa
(2002 yildan yoʻnaltirildi)
2002
Ming yilliklar: | 3-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
- 2002-yil — „Qariyalarni qadrlash yili“ 16-yanvar. Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universitetini tashkil etish toʻgʻrisida farmon chiqdi.
- 24-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Qariyalarni qadrlash yili“ davlat dasturi toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
- 27-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tuzish masalasida referendum oʻtkazildi. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 93,65% ikki palatali parlament tuzishni yoqlab ovoz berdi.
- 28-yanvar — „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 10 yilligi nishonlandi.
- 13-mart — Adabiyot jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
- 19-mart — Toshkentning „Turkiston“ saroyida „Tashabbus—2002“ koʻrik tanlovining yakunlovchi bosqichi boʻlib oʻtdi.
- 22-mart — Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
- Mart — AQShda oʻtkazilgan „Atlanta qubogi“ xalkaro turniri bahslarida oʻzbekistonlik karatechilar 14 ta medal (6 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza)ni qoʻlga kiritdilar.
- Mart — YUNESKO Bosh direktorining qaroriga koʻra „Shaharlar — tinchlik uchun“ tanlovida jahonning oʻnta shahri gʻolib deb topildi. Ular orasida Buxoro shahri ham bor. Mart. Namangan shahrida „Nestle“ Oʻzbekiston—Shveysariya qoʻshma korxonasi ish boshladi.
- 2-aprel — Termiz shahrining 2500-yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.
- 4-aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 8-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida“ Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi.
- 10-aprel — Shahrisabzda „Oqsaroy toʻqimachi LTD“ Turkiya va Yaponiya bilan hamkorlikdagi qoʻshma korxonaning ochilish marosimi boʻldi.
- 16-aprel — „Semurgʻ“ xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
- 16-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Toshkent davlat konservatoriyasini Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
- 24-aprel — Fargʻonada „Umid nihollari“ Respublika maktab oʻquvchilarining sport musobaqalari tantanali ravishda ochildi.
- 7-may — Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi eʼlon qilindi.
- 24-may — „Boysun bahori“ 1-xalqaro ochiq folklor festivalining ochilish marosimi boʻldi. 25-may. Buxoro shahrida „Universiada — 2002“ sport oʻyinlari boshlandi.
- 4-iyun — „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasi va Italiyaning „Al-Italia“ aviakompaniyasi oʻrtasida „Kodsher“ bitimi imzolandi. Unga muvofiq Toshkent—Rim—Toshkent yoʻnalishi boʻylab parvozlar amalga oshiriladi.
- 5-iyun — Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuida „Islom va dunyoviy-maʼrifiy davlat“ mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman ochildi.
- 24-iyun — Toshkentda maktab, akademik litsey va kollejlar bitiruvchilarining „Istiqlol umidlari — 2002“ festivali boʻlib oʻtdi.
- 24-iyun — Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasining Rus pravoslav cherkovi „Blagovest“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
- 3-iyul — „Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil qilindi.
- 20-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Zamonaviy informatsion texnologiyalar“ ilmiy-texnik markazida „Koʻzsiz koʻrish“ xalqaro loyihasi doirasida yangi qurilma yaratildi. U koʻzi ojiz kishilarga atrofmuhitni aniq tasavvur etishga yordam beradi.
- Iyul — Taylandda oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz vakillari 4 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medal sohibi boʻldilar.
- 12-13-avgust — Temuriylar tarixi davlat muzeyida „Markaziy Osiyo tarix koʻzgusida: eng qadimdan hozirgacha“ mavzusida xalqaro ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan taniqli olimlar ishtirok etishdi.
- 15-avgust — Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasida birinchi polietilen olindi.
- 17—18-avgust — Fargʻonada belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 1-xalqaro turnir oʻtkazildi.
- 31-avgust — Toshkentning „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuida „Qatagʻon qurbonlari xotirasi“ muzeyi ochildi.
- Avgust — „Navoiy—Uchquduq—Miskin—Sulton Uvays—Nukus“ temir yoʻli qurilishi bitkazilib ishga tushirildi.
- Avgust — „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasida „Neksiya“ yengil avtomobilining yangi, takomillashgan modelini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu model 16 klapanli „Doych“ dvigateli bilan jihozlangan.
- 10-sentyabr — „Oʻzbekiston“ sport majmuida tennis boʻyicha Prezident kubogi xalqaro turnirining ochilish marosimi boʻldi.
- 15-sentyabr — Toshkentning „Turkiston“ saroyida birinchi marta estrada sanʼatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshiq va kuylar taqdimot festivali — „Oltin humo“ oʻtkazildi.
- 19-sentyabr — Toshkent traktor zavodining 60 yilligi nishonlandi.
- Sentyabr — Toshkent metrosining „Yunusobod“ liniyasidagi 6 bekat foydalanishga topshirildi.
- 14-oktyabr — Toshkentda tennis boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi.
- 1-noyabr — Shahrisabz shahrining 2700-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻldi.
- 4-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ga qarori eʼlon qilindi.
- 12-13-dekabr — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 10-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida“ va „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida“ Konstitutsiyaviy qonunlar, „Yer osti boyliklari toʻgʻrisida“gi (yangi tahrirda), „Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi.
- 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq Toshkentda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi taʼsis etildi.
- Dekabr — Toshkentda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi „Madaniyat karvon saroyi“ning tantanali ochilish marosimi boʻldi. Dekabr — Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida „Chorvoq oromgohi“ sogʻlomlashtirish markazining tantanali ochilish marosimi boʻldi.
- 24-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etildi.
- 25-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari hamda talabalarining „Talaba“ sport uyushmasi tuzildi.
- 2002 — I. A. Karimovning 10 jildli asarlari nashr etildi (1992-2002-yillar).
- 2002 — Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tarkibida „Toshkent foto uyi“ tashkil etildi.
- 2002 — Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi deb nomlandi.
- 2002 — „Xiva—Karpet“ Oʻzbekiston—Germaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- yanvar — Afgʻonistonda qayta tiklash ishlarini boshlagan qonuniy hokimiyat qaror topdi. Mamlakatni kayta
tiklash dasturi jahon hamjamiyati tomonidan kabul kilindi. Hamid Karzay hukumat boshligi etib saylandi.
- 20-may — Sharqiy Timor davlati mustakillikka erishdi va Shanana Gujmau uning birinchi prezidenti etib saylandi.
- iyun — Fransiyada prezident saylovi boʻlib, unda Jak Shirak prezident etib saylandi.
- 10-sentyabr — Shveysariya davlati BMTga aʼzo boʻldi.
- sentyabr — Germaniyada saylov boʻlib, unda Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi gʻalaba qozondi. Gerxard Shryoder Germaniya kantsleri lavozimida koldi.
- 23-24-oktyabr — Turkiston shahrida Butunjahon qozoqlarining II qurultoyi oʻtkazildi.
- 23-oktyabr — Movsar Sulaymonov boshchiligidagi terrorchilar otryadi Moskvadagi Dubrovka teatri markazida odamlarni garovga oldi.
Vafot etgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:2002-yilda vafot etganlar
- 28-yanvar — Линдгрен, Астрид shvedskaya pisatelnitsa, avtor mnogix detskix proizvedeniy.
- 13-mart — Kristian fon Krokov, nemeskiy politolog i pisatel (rod. 1927).
- 30-mart — Viktor Viktorovich Koneskiy, russkiy pisatel, ssenarist, kapitan dalnego plavaniya;
- 28-aprel — Aleksandr Lebed. General-leytenanat, zatem deputat Gosudarstvennoy Dumi (1995), kandidat v Prezidenti RF, sekretar Soveta Bezopasnosti (1996), s 1998 — gubernator Krasnoyarskogo kraya. Pogib v aviakatastrofe.
- 30-aprel— Yakov Gilelevich Panovko, rossykiy uchyoniy v oblasti mexaniki (rodilsya v 1913 godu).
- 2-iyun — Свиридов, Алексей Викторович, pisatel.
- 11-iyul — Bernárdas Brazdjyonis, litovskiy poet.
- 6-avgust — Дейкстра, Эдсгер, uchyoniy, matematik, zalojivshiy osnovi sovremennogo programmirovaniya.
- 23-avgust — Entoni Stefford Bir, teoretik i praktik kibernetiki.
- 20-sentyabr — Sergey Sergeevich Bodrov, russkiy rejissyor, aktyor, ssenarist (rod. v 1971).
- 19-oktyabr — Рукавишников, Николай Николаевич, sovetskiy kosmonavt.
Nobel mukofoti laureatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fizika — Raymond Davis Jr., Masatoshi Koshiba va Riccardo Giacconi
- Kimyo — John Fenn, Koichi Tanaka va Kurt Wüthrich
- Fiziologiya va tibbiyot — Sydney Brenner, Howard Horvitz, and John Sulston
- Adabiyot — Imre Kertész
- Tinchlik — Jimmy Carter
- Iqtisodiyot — Daniel Kahneman va Vernon Smith
Bu maqola ruscha yozilgan. | |
Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |