Kontent qismiga oʻtish

Yunona

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(3 Yunonadan yoʻnaltirildi)

Yunona (lotincha: — qadimgi rimliklar maʼbudasi nomidan; belgisi: ⚵) — kichik sayyora (asteroid). 1804-yilda nemis astronomi K.Garding kashf etgan. Quyosh sistemasidagi uchinchi kichik sayyora. Diametri 225 km. Yu.ning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,668 astronomik birlik, Quyosh atrofini 4,36 yilda toʻliq bir marta aylanib chiqadi. Orbitasining ekliptikaga ogʻmaligi 13°0. Ekssentriteti 0,258, koʻrinma yulduz kattaligi 7,0 dan 10,0 gacha oʻzgarib turadi. Ravshanligining oʻzgarishiga qarab, uning oʻz oʻqi atrofida aylanishi taxmin qilinadi. Hamma kichik sayyoralar kabi Yu.da ham atmosfera yoʻq.