46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi
46-shaxmat olimpiadasi | |
---|---|
Oʻtkaziladigan sanasi | 2026-yil |
Joy | „Silk Road Samarkand“ |
Manzil | Samarqand, Oʻzbekiston |
Oldingi | ← Budapesht 2024 |
Keyingisi | ? → |
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi — Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan tashkil etiladigan erkaklar va ayollar oʻrtasidagi turnirlar, shuningdek, shaxmat oʻyinini ommalashtirishga qaratilgan bir qancha tadbirlarni oʻz ichiga oladi. 2022-yilning 31-iyul 9-avgust kunlari Hindistonning Chinnay shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi kongressida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda FIDEning navbatdagi kongressini 2026-yil Oʻzbekistonda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi[1][2][3][4]. 2026-yil Samarqandda boʻlib oʻtadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba oʻtkaziladigan shaxmat olimpiadasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
46-shaxmat olimpiadasiga mezbon davlat sifatida qatnashadigan Oʻzbekistonning erkaklar va ayollardan iborat 3 ta terma jamoalari olimpiadaga ishtirok etadi. Olimpiada ikki guruh: „Open“ va „Ayollar“ guruhlarida tashkil etiladi. Shaxmat olimpiadasiga FIDEga aʼzo boʻlgan barcha mamlakatlardan jamoalar ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Musobaqa boshlanishidan kamida 2 oy oldin har bir ishtirokchi federatsiya oʻz jamoalarini roʻyxatdan oʻtkazishi muhim sanaladi. Jamoalarini roʻyxatdan oʻtkazgan, ammo qatnasha olmagan har qanday federatsiyaga FIDE Kengashi tomonidan sanksiya qoʻllanishi mumkin.
Musobaqa formati va taqvimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxmat musobaqasi 11 raundlik shveytsarcha tizimda boʻlib oʻtadi. „Open“ va „Ayollar“ guruhida ishtirok etadigan jamoalar 4 nafar oʻyinchi va bir nafar zahira oʻyinchilaridan tashkil topadi. Har bir jamoada sardori va uning oʻrinbosari boʻlishi mumkin. Agar jamoa sardori oʻzgarsa, Bosh hakamga bu haqida yozma axborot beriladi. Oʻyin sessiyasi Bosh hakamning eʼlon qilishi bilan boshlanadi. Bahsga 15 minutdan keyin kelgan shaxmatchi oʻyinda magʻlub boʻlgan deb topiladi. Oʻyinlar FIDE tomonidan tasdiqlangan elektron soatlar va doskalar yordamida oʻtkaziladi. Bahsdagi birinchi 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, soʻngra oʻyinning qolgan qismi uchun 30 daqiqa, 1-yurishdan boshlab har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qoʻshib boriladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sergio „Chess Olympiad 2026 is in Uzbekistan – Chessdom“ (en-US). www.chessdom.com (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
- ↑ „It's official! Uzbekistan will host the Chess Olympiad 2026.“ (en). Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
- ↑ uza.uz „O‘zbekiston 46-butunjahon shaxmat olimpiadasiga qanday hozirlik ko‘rmoqda?“ (uz). Uza.uz (2023-yil 9-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
- ↑ „2026 yilgi shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi“ (uz-Latn). Газета.uz (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.