Kontent qismiga oʻtish

AQSh harbiy-havo kuchlari ayol uchuvchilar boʻlimi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Deani Parish

Ayollar havo kuchlari xizmati uchuvchilari (WASP) – 1943-yil 5-avgustda tashkil topgan Amerika Qo'shma Shtatlari harbiy-havo kuchlarining boʻlinmasi. Bu harbiy samolyotlarni boshqarish uchun yollangan ayol uchuvchilarning birinchi tashkiloti hisoblanadi. Urush oxiriga kelib bunday boʻlinmalarda xizmat qilganlar 1074 nafar kishini tashkil etgan. WASP dasturi 1944-yilda tugatiladi[1][2].

Jaklin Kokran (oʻrtada) Ayol uchuvchilarining oʻquv mashgʻulotlarida

Ikkinchi jahon urushi boshida koʻpchilik ayollarni armiyaga chaqirmaslik kerak deb hisoblagan. Hattoki, odamlar ayollarning uchuvchi boʻlishi mumkinligiga shubha qilishardi. Biroq, mamlakatda uchuvchilar yetishmasligi paydo boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarda mashhur uchuvchi Jaklin Kokran ayollarni ichki reyslarda ikkinchi uchuvchi lavozimiga tayyorlashni boshlashni taklif qilgan. Bu koʻproq erkaklarga chet eldagi jangovar harakatlarda qatnashish imkonini bergan. 1939-yilda Jaklin Kokran Eleanor Ruzveltga ayol uchuvchilardan jangovar boʻlmagan missiyalarda foydalanish gʻoyasi bilan murojaat qilgan[3].

1941-yilning yozida Kokran va sinovchi uchuvchi Nensi Xarkness Lav mustaqil ravishda Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi harbiy-havo kuchlariga ayol uchuvchilarga Yevropadagi janglarda uchishlariga ruxsat berish boʻyicha takliflar kiritganlar. Reja ayol uchuvchilardan samolyotlarni zavodlardan harbiy bazalarga tashish uchun foydalanishdan iborat boʻlgan[4].

Biroq, Yaponiyaning Pearl Harborga hujumidan keyingina Jaklin Kokran va sinovchi Nensi Xarkness Lav harbiy rahbarlarni ayollar ham erkaklar kabi samolyotlarda ucha boshlashgan.

Loyiha dastlab 1942-yil sentyabr oyida alohida tuzilgan WFTD (Ayollar uchish oʻquv otryadi) va ayollar yordamchi parom otryadi (WAFS) guruhlaridan iborat boʻlgan.

1942-yil 5-sentyabrda general Arnold „yigirma toʻrt soat ichida ayol uchuvchilarni yollashni boshlash uchun zudlik bilan chora koʻrish“ni buyurgan.

Ayollar yordamchi transport otryadi (WAFS) 1942-yil 10-sentyabrda tuzilgan. Koʻp oʻtmay, ATC Havo transporti qoʻmondonligi ayollardan samolyotlarni zavoddan aerodromlarga olib borishda foydalana boshlagan. Nensi Lav 28 nafar ayol uchuvchi bilan ishni boshlagan, biroq urush paytida ularning soni bir necha marta oshgan.

Kokran Angliyadan qaytib, yana general Arnoldga murojaat qilib, oldingi ayol uchuvchilar taklifini takrorladi. 1942-yil 15-sentyabrda taklif qabul qilindi, natijada 319-ayollar uchish otryadi (WFTD) tuzildi[5].

Ishtirokchilarning birinchi guruhi 1942-yil 16-noyabrda Xyuston aerodromida harbiy parvoz mashgʻulotlarni boshlagan.

Keyingi yili esa 25 nafar ayol „Beva ayol“ laqabli Martin B-26 Marauder samolyotida parvozlarni amalga oshirgan. Koʻpgina erkaklar oʻquv parvozlari paytida halokatga uchragani va bir nechta uchuvchilar halok boʻlganligi sababli ularga chiqishdan bosh tortganlar.

1943-yil 5-avgustda WAFS va WFTD WASP ga birlashtirildi. Kokran ushbu tashkilotni boshqargan, Nensi Xarkness Lav esa samolyotlarni tashish boʻlimiga rahbarlik qilgan[6].

WASPga kirish uchun ayollar asosiy uchuvchilik koʻnikmalariga ega boʻlishlari kerak edi. Biroq, WASP uchuvchilari Texas shtatida Svitototer yaqinidagi Avenger Field aeroportiga qarashli oʻquv markazida qayta tayyorlashdan oʻtkazilgan. Ishtirok etish uchun 25 mingdan ortiq ayol ariza topshirgan. 1830 nafari qabul qilingan boʻlsa, oʻquv jarayonida 552 nafar xotin-qizlar malakasi yetarli boʻlmagani uchun mashgʻulotdan chetlashtirilgan, 27 nafari tibbiy sabablarga koʻra, 14 nafari intizomiy sabablarga koʻra mashgʻulotdan chetlashtirlgan. Toʻrt oylik muvaffaqiyatli harbiy uchuvchi kursidan soʻng 1074 nafar ayol harbiy samolyotlarni boshqarishga tayyor boʻlishgan. Kursdan soʻng bitiruvchilar 560 soat yer ustidagi mashgʻulotlar va 210 soatlik oʻquv parvozlarini oʻtkazganlar. Ular Morze alifbosi, meteorologiya, harbiy huquq, fizika, aviatsiya mexanikasi va boshqa fanlarni oʻrganishgan.

„Ayollar xizmati“ oʻz mamlakatlari uchun juda koʻp ish qildi: uchuvchilar qiruvchi samolyotlar, bombardimonchi samolyotlar va transport vositalarini boshqardi, ishga yollanganlarni oʻqitdi, sinovlar oʻtkazdi. Ular samolyotlarda askarlarni, oʻq-dorilarni va hatto birinchi atom bombasining parchalarini tashishgan. Umuman olganda, WASP uchuvchilari 96 million kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtishgan.

Dasturning 38 nafar ishtirokchisi vafot etgan, ammo ularga harbiy unvon berilmadi va ularning qarindoshlari ularni oʻz mablagʻlari hisobidan dafn etishgan.

Koʻp yillar davomida ayol uchuvchilar oʻzlarining xizmatlarini tan olishga harakat qilishdi. Urush faxriylari unvoni ularga faqat 1977-yilda berilgan. Va faqat 2010-yil mart oyida tirik qolgan WASP aʼzolari Qoʻshma Shtatlardagi eng yuqori fuqarolik mukofotlaridan biri – Kongress oltin medaliga sazovor boʻlishgan.

  • Granger, Byrd Howell. On Final Approach: The Women Airforce Service Pilots of W. W.II. Falconer Publishing Co., 1991.
  • Haynsworth, Leslie, and David Toomey. Amelia Earhartʼs Daughters. William Morrow and Company, 1998.
  • Keil, Sally VanWagenen, Those Wonderful Women in Their Flying Machines: The Unknown Heroines of World War II. New York: Four Directions Press, 1990. ISBN 0-9627659-0-2.
  • Merryman, Molly. Clipped Wings: The Rise and Fall of the Women Airforce Service Pilots (WASPs) of World War II. New York: New York University Press, 1998. ISBN 0-8147-5568-2.
  • Noggle, Anne. For God, Country and the Thrill of It: Women Airforce Service Pilots During WWII. Texas A&M Unoversity Press. 1990
  • Regis, Margaret. When Our Mothers Went to War: An Illustrated History of Women in World War II. Seattle: NavPublishing, 2008. ISBN 978-1-879932-05-0.
  • Rickman, Sarah Byrn. Nancy Batson Crews: Alabamaʼs First Lady of Flight. University of Alabama Press. 2009
  • Schrader, Helena. Sisters in Arms: British and American Women Pilots During World War II. Pen and Sword Books, 2006.
  • Simbeck, Rob. Daughter of the Air: The Brief Soaring Life of Corne;ia Fort. Atlantic Monthly Press. 1999.
  • Strebe, Amy Goodpaster. Flying for her Country: The American and Soviet Women Military Pilots of World War II. Potomac Books. 2009
  • Williams, Vera S. WASPs: Women Airforce Service Pilots of World War II. Osceola, Minnesota: Motorbooks International, 1994. ISBN 0-87938-856-0.
  1. Ure, James. Seized by the Sun: The Life and Disappearance of World War II Pilot Gertrude Tompkins (en). Chicago Review Press, 2017. ISBN 978-1-61373-590-9. 
  2. „WWII Female Pilots Honored With Gold Medal“. All Things Considered. National Public Radio (2010-yil 10-mart). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  3. „Jacqueline Cochran and the Women's Airforce Service Pilots (WASPs)“. Eisenhower Presidential Library. 2019-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
  4. „Women Ferrying Pilots – Requirements for Hiring – Pearl Harbor Filing Cabinet“. Liberty Letters (1942-yil 15-sentyabr). 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-iyul.
  5. „Women Airforce Service Pilots (WASP)“ (en). Women in the United States Army. 2018-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  6. NMUSAF. Flying for Freedom: The Story of the Women Airforce Service Pilots(ingl.) // National Museum of the United States Air Force Teacher Resource Guide : journal. Архивировано 26 dekabr 2010 года.