Abduzuhur Abduazizov
Qiyofa
(Abduazizov Abduzuhur Abdumajidovichdan yoʻnaltirildi)
Abduzuhur Abdumajidovich Abduazizov | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1938-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
12-aprel 2014-yil (76 yoshda) |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbeklar |
Sohasi | Umumiy va qiyosiy tilshunoslik, fonetika va fonologiya |
Ish joylari |
Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti (kafedra mudiri) Kobul universiteti (maslahatchi-professor) Toshkent davlat universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti |
Mashhur ishlari | Oʻzbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi asari |
Taʼsir koʻrsatgan | Ingliz va oʻzbek tillari unli fonemalarining qiyosiy tahlili mavzuida ilmiy tadqiqotlar |
Mukofotlari |
Abduzuhur Abdumajidovich Abduazizov (1938-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2014-yil 12-aprel[1], Toshkent) — oʻzbekistonlik tilshunos, filologiya fanlari doktori (1975-yil), professor (1978-yil), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoni sohibi (1995-yil)[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1961-yilda Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutini tamomlagan;
- 1968—1981- va 1983—1991-yillarda shu institut ingliz tili fonetika va fonologiyasi kafedrasining mudiri;
- 1981—1983-yillarda Kobul universitetida maslahatchi-professor;
- Toshkent davlat universiteti qiyosiy-tipologik tilshunoslik kafedrasi mudiri (1991—?).
Ingliz va oʻzbek tillari unli fonemalarining qiyosiy tahlili mavzuida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Umumiy va qiyosiy tilshunoslik, fonetika va fonologiya, oliy oʻquv yurti uchun chet tillarini oʻqitish uslubiyotiga doir darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Asarlari rus, ingliz va dari tillarida nashr etilgan[3].
Mashhur asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi (1992)[4].
- Tilshunosllika kirish (1981-yil, Oʻqituvchi)[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Milliy universitetda atoqli o‘zbek filologining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi“. daryo.uz. Qaraldi: 5-iyul 2023-yil.
- ↑ „ENSIKLOPEDIYA ABDUAZIZOV“. milliycha.uz. Qaraldi: 5-iyul 2023-yil.
- ↑ „ABDUAZIZOV Abduzuhur Abdumajidovich“. qomus.info. Qaraldi: 5-iyul 2023-yil.
- ↑ "Abduzuhur Abduazizov" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Abduazim Sodiqov, Abduzuhur Abduazizov, Muhammadavaz Irisqulov. Tilshunoslikka kirish“. uzsmart.uz. Qaraldi: 5-iyul 2023-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |