Kontent qismiga oʻtish

Abdusattor Abdukarimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdukarimov Abdusattordan yoʻnaltirildi)

Abdukarimov Abdusattor (1942.4.4, Chinoz tumani) — biolog va genetik olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), biologiya fanlari doktori (1979), professor (1990). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Biokimyo institutida katta ilmiy xodim (1972-78), Molekulyar biologiya (1978-yildan) xavda Gen va hujayralar injeneriyasi biotexnologiyasi (1982-yildan) laboratoriyalari mudiri, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental bio ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992-yildan). Abdusattor Abdukarimov tireoid gormonini bogʻlovchi oqsil molekulasi — reseptorni ajratib oldi, uning funksiyasi va fizik-kimyoviy xossalarini oʻrgandi. Qator genlar ajratib olish, vektor molekulalar konstruksiyasini yaratish, yakka hujayradan sunʼiy sharoitda oʻsimlik yetishtirish bilan bogʻliq ilmiy ishlar dasturiga rahbarlik qildi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil