Kontent qismiga oʻtish

Abdulla kulol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdulla Kuloldan yoʻnaltirildi)

Abdulla kulol (Kali Abdullo, 1815 – Rishton – 1900) – kulol, koshinpaz usta. Rishton va Qoʻqonda ishlagan. Fargʻona kulollari ishlariga boshchilik qilgan. Xudoyorxon oʻrdasining (hozirgi Qoʻqon oʻlkashunoslik muzeyi) bosh fasadini rang-barang koshinlar bilan bezashda qatnashgan (1867 – 1873). Abdulla kulol ishlaridan namunalar (sopol idishlar) Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va Qoʻqon oʻlkashunoslik muzeylarida saqlanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil