Kontent qismiga oʻtish

Abdugʻani Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdullayev Abdugʻanidan yoʻnaltirildi)
Abdugʻani Abdullayev
Tavalludi 25-iyun 1953-yil
Vafoti 18-dekabr 2017-yil(2017-12-18)
(64 yoshda)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston Qahramoni

Abdugʻani Abdullayev (1953.25.6, Fargʻona viloyati – 2017.18.12, Toshkent, Oʻzbekiston) – yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999). Usta Q. Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi „Fargʻona“ choyxonasi, Xalqlar doʻstligi saroyi, „Zarafshon“ restoranidagi oʻymakori naqshli panjara, darvoza, eshik, namoyonlarni ishlagan. 1983-yildan mustaqil ishlaydi. Ilk bor Olim Xoʻjayev nomidagi teatr (Guliston shahri) binosi uchun 20 dan ortiq oʻymakori eshik, darvoza, panjaralarni tayyorladi. Bir qator jamoat binolari, choyxonalar (Fargʻona, Isfara shahri), „Muborak“ restorani (Toshkent), Qarshi teatri va boshqa binolari uchun nozik islomiy oʻyma naqshlar bilan bezatilgan ustun, eshik, darvoza, panjaralar yaratdi; Imom al-Buxoriy majmuasida yogʻoch oʻymakorligi ishlariga rahbarlik qilib, shogirdlari bilan birga sharafalar, hovuzaklar tayyorladi, ayvonlar shiftini vassa-juft yopish, oʻymakori ustunlari yaratishda yuksak mahorati namoyon boʻldi (1998), Shuningdek Bahouddin Naqshband maqbarasida (Buxoro viloyati) restavratsiyasiya, yogʻoch oʻymakorligi ishlarini bajarilgan, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi (Toshkent), Xotira xiyoboni, Burxoniddin Margʻinoniy (Fargʻona viloyati) majmuasi qurilishida ishtirok etgan. Toshkentdagi „Xotira maydoni“ (1999)dagi ayvonlarning oʻyma naqshli ustunlarini milliy meʼmorlik anʼanalari asosida yuksak mahorat bilan bezagan. 1973-yildan xalqaro koʻrgazmalarda badiiy asarlari bilan qatnashadi[1].

Abdugʻani Abdullayev yoʻqolib borayotgan naqshlarning noyob turlarini tiklash bilan shugʻullangan, yangi uslublarni amaliyotga joriy qilgan. 1999-yilda Abdugʻani Abdullaevga Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi unvoni berilgan (1999). 2006-yil 25 avgustda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berilgan[2].

Abdugʻani Abdullayev 2017-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan[3].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „O‘zbekiston Qahramoni Abdug‘ani Abdullayev shu yil 18-dekabr kuni vafot etdi“ (uz) (uza.uz). 2024-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-sentyabr.
  3. „O‘zbekiston Qahramoni, hunarmand Abdug‘ani Abdullayev vafot etdi“ (uz) (daryo.uz). 2024-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-sentyabr.