Kontent qismiga oʻtish

Gʻulom Abdurahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdurahmonov Gʻulomdan yoʻnaltirildi)

Gʻulom Abdurahmonov (1910.1.5, Turkiston sh.— 1987.15.5, Toshkent) – oʻzbek opera xonandasi (lirik-dramatik tenor). O‘zbekiston xalq artisti (1949). Faoliyatini Samarqand musiqali dra-ma teatrida boshlagan (1929). Moskva konservatoriyasi huzuridagi Oʻzbek opera studiyasida (vokal boʻyicha) taʼlim olgan (1934—39). Oʻzbek opera va balet teatri (1939—54), Oʻzbek Davlat filar-moniyasi yakkaxoni (1954-81). A. koʻpgina opera, musiqali drama va komediyalar-dagi asosiy rollarni ijro etgan: Joʻra („Boʻron“), Boʻtakoʻz („Ulugʻ kanal“), Ab-bos („Davron ota“), Ravshan („Koʻr oʻgʻli“), Asqar („Arshin mol olon“), Qodir („Gul-sara“), Majnun („Layli va Majnun“), Farhod („Farhod va Shirin“), Tohir („Tohir va Zuhra“), Neʼmat („Halima“), Toshmat („Oʻzbekiston qilichi“) va b. Repertuaridan ayrim xalq qoʻshiklari, oʻzbek kompozitorlarining asarlari („Kuylayman“, „Jon qizlar“ va b.) ham oʻrin olgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil