Aborigenlar
Qiyofa
(Aborigendan yoʻnaltirildi)
Aborigenlar (lotincha: aborigine – qadimdan, boshdan) – 1) biror mamlakat, oʻlkaning qadimdan oʻsha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim rivoyatlariga koʻra, Apennin togʻlari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qadimgi qabila aborigenlar deb atalgan; 2) oʻsimlik va hayvonlarning bir joyning oʻziga qadimdan xos boʻlgan mahalliy, jaydari nav va zotlari (qarang Avtoxtonlar)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |