Kontent qismiga oʻtish

Aborigen gʻoʻza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aborigen g‘o‘zadan yoʻnaltirildi)


Aborigen gʻoʻza (lotincha aborigine — avvaldan) — gʻoʻzaning cheklangan hududda oʻsadigan tur, xil va formalari. Meksikaning shimoli-gʻarbida oʻsadigan davidzon gʻoʻzasi, Galapagos oroloining unumsiz toshloq zonalarida oʻsadigan klotssh gʻoʻzasi, faqat Braziliya togʻlarida uchraydigan mustelinum gʻoʻzasi Aborigen gʻoʻza turlariga kiradi. Barcha yovvoyi Aborigen gʻoʻza turlari qimmatli genetik material boʻlib, qator foydali xoʻjalik xususiyatlariga ega (qurgʻoqchilikka, shoʻrga, past temperaturaga chidamli va hokazo), shuning uchun ulardan genetika-seleksiya ishlari amaliyotida keng foydalaniladi[1].

  1. "Aborigen gʻoʻza" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil