Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abu Bakr al-Samarqandiydan yoʻnaltirildi)
Abu Bakr Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mufassir

Abu Bakr Muhammad al-Yamān al-Samarqandi (arabcha: أﺑﻮ ﺑﻜﺮ ﻣﺤﻤﺪ ﺑﻦ اﻟﻴﻤﺎن السمرقندي) – faylasuf va ilohiyotchi. „Maolim uddin“ („Dinning belgilari“), „at-Tibb ur-ruhoniy“ („Ruh tabobati“) nomli falsafiy asarlari bor[1].

Uning vatandoshi Abu Mansur al-Moturidiy Abu Bakr Samarqandiy boshlagan yoʻldan yurgan[2][3][4]. Abu Bakr al-Samarqandiy tomonidan quyidagi asari tasnif etilgan: „Ar-rad ala-l-karromiya“ („Karromiyalarga raddiya“), „Kitobu-l-anvor“ („Nurlar kitobi“), „Maolimu-d-din“ („Dinning belgilari“), „At-tibbu-r-ruhoniy“ („Ruh tabobati“) nomli asar. K. Brokkelman „Arab adabiyoti tarixi“ nomli kitobida Abu Bakr al-Samarqandiyni faylasuf va ilohiyotchi olim deb taʼrif bergan. K. Brokkelmanning yozishicha, bu kitob Abu Xotam Roziyning (313—925-yili vafot etgan. Muhammad ibn Zakariyo Roziydan boshqa kishi) falsafiy qarashlariga qarshi yozilgan[5].

Manbalarda uning toʻrtta asarining nomi tilga olingan[6]:

  • Kitab al-Anwar.
  • Kitab al-I’tisam, [hadis]]ga bagʻishlangan.
  • Kitab al-Radd 'ala al-Karramiyya', karromiylarga inkor.
  • Kitab Maʼalim al-Din („Imon chizigʻi“)

Abu Bakr butun umrini tugʻilib oʻsgan shahri Samarqandda oʻtkazgach, hijriy 268, milodiy 881 —882-yili vafot etgan[7].