Kontent qismiga oʻtish

Maarriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Abulʼalo al-Maarriydan yoʻnaltirildi)

Maarriy (toʻliq ismi: al-Maarriy Abulʼalo Ahmad ibn Sulaymon at-Tanuxi; 973-yil; Suriya, Maarratun Nuʼmon — 1057/1058-yil) — arab shoiri va mutafakkiri.

Lirik („Chaqmoqtosh uchqunlari“ toʻplami va unga yozilgan sharq — „Uchqunlar yogʻdusi“) va falsafiy („Luzum mo lam yalzum“ — „Lozim boʻlmaganning lozimligi“ toʻplami) sheʼrlar, „Risolat ulgʻufron“ („Afv haqida maktub“), „Risolat ulmaloika“ („Farishtalar haqida maktub“), „Arosat haqida maktub“ kabi nasriy sheʼr|nasriy asarlar, Mutanabbining „Ahmad moʻʼjizasi“ nomli devoniga yozilgan sharh, „Yoʻlda tashlab ketilganlar“ hikmatli soʻzlar toʻplami muallifi. Maarriyning aksar asarlarida insonparvarlik va oqilona mulohazakorlik, jamiyatga tanqidiy qarashlar ustunlik qilsa, baʼzi asarlarida umidsizlik, pessimizm ruhi sezilib turar edi. Maarriy oʻz asarlarini kinoya, qochirim kabi usullardan foydalanib, murakkab tilda yozgan.[1]

  • Krachkovskiy I. Yu., Izbr. soch. t. 1-2, M. — L., 1955-56.
  1. "Maarriy" OʻzME. M-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil