Abulqosim Bobur
Qiyofa
(Abulqosim Bobur Mirzodan yoʻnaltirildi)
Abulqosim Bobur | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mirzo, shoir |
Abulqosim Bobur (1422-yil, Hirot − 1457-yil, Mashhad) – temuriylar sulolasidan boʻlgan shoir va mirzo, Boysunqur mirzoning oʻgʻli. Bobosi Shohrux mirzo qoʻl ostida tarbiyalangan. Abulqosim Bobur Xuroson taxti uchun kurashda gʻolib chiqib, 1449-yil fevral oyida Hirotni egallaydi. Shuningdek, u temuriylarning Xurosondagi hukmdori ham boʻlgan (1149—1157-yillar). 1454-yilda Samarqand uchun qilgan jangi muvaffaqiyatsiz boʻladi va qirq kunlik qamaldan soʻng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bitimga koʻra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat oʻrtasidagi chegara boʻlib qolgan. Abulqosim Bobur shoirlarni toʻplab mushoiralar oʻtkazgan va oʻzi ham turkiy, forsiy tillarda sheʼrlar yozgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |