Kontent qismiga oʻtish

Adʼyunktura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ad’yunkturadan yoʻnaltirildi)

Ad’yunktura — oliy malakali harbiy ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan nomzodi) tayyorlashning asosiy shakli. Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining tarkibiy qismi. A. Ichki ishlar Akademiyasi, Qurolli kuchlar Aka-demiyasi, harbiy ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlarida Oʻzbekiston Respubli-kasi Ichki ishlar vazirligi (Oʻzbekiston Respublikasi IIV) va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Oʻzbekiston Respublikasi MB) hay’atlarining qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika dav-lat qoʻmitasi (Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK) bilan kelishilgan holda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha ochiladi. A. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ to-monidan attestatsiyadan oʻtkaziladi. A. oʻz ishini „Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisli-klari roʻyxati“ga muvofiq ravishda fan sohalarining tegishli mutaxassisliklari boʻyicha „Uzluksiz taʼlim tizimida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida“gi Nizom-ga hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Oʻzbekiston Respublikasi MVga tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga asosan olib boradi. A.da oʻqishdan maqsad ilmiy tadqiqot usullarini oʻzlashtirish, tegishli ilmiy sohaga oid bilimlarni egallash va fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlashdir. A.da kirish qoidalari, oʻqish muddatlari, ad’yunktlar tayyorlash usullari aspiranturanikiga oʻxshaydi.[1]

  1. "Adʼyunktura" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil