Kontent qismiga oʻtish

Adam Smith

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Adam Smitdan yoʻnaltirildi)
Adam Smith
Tugʻilgan 5-iyun 1723-yil
Vafot etgan 17-iyul 1790-yil(1790-07-17)
(67 yoshda)

Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit tahminlarga koʻra eski yil bo'yicha 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, yangi yil bo'yicha esa 16-iyunda , 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasufetik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.

SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford universitetlarida oʻqigan. Glazgo untida professor (1751—1763). 1778-yilda Edinburgda bojxona komissari, 1787-yilda Glazgo universiteti rektori. Uning1759-yilda bosilib chiqqan "Axloqiy hissiyotlar nazariyasi" kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776-yilda eng asosiy iqtisodiy asari "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot"ni nashr etdi.Ushu bu Asar 5- kitobdan iborat. Asarda oʻsha davrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iqtisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. Smit fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. Smit qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.tini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Smit foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. Smit qarashlarida kapitalist ham jamiyat tabiiy tuzumiga; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daroma

Smit nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Smit daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita bog'liq boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. Smit iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. U xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblagan ("mutlaq afzallik tamoyili").

SMITning taʼlimoti keyingi iqtisodiy tafakkur rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi (asosiy asari olim hayotligi davrida 5 marta qayta nashr etilgan). Smitning ilmiy gʻoyalari klassik siyosiy iqtisodning asosini tashkil etadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari).

Hayoti va ijodi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini o'rganish, 1922 yil
Inquiry into the nature and causes of the wealth of nations, 1922

Adam Smith 1723-yil iyun oyida tugʻilgan (aniq tugʻilgan kuni aniq emas) va 5-iyun Kerkkoldi shahrining Fayf okrugida choʻqintirilgan,uning otasi bojxona hodimi boʻlib ishlagan.Adamning otasi uning tugʻilishiga 6 oy qolganda olamdan oʻtgan.4 yoshligida siganlar tomonidan oʻgʻirlanib ketilgan,lekin tezda togʻasi uni qidirib topib, onasiga qaytarib olib kelgan.Tahminlarga koʻra, Adam oilada yagona farzand boʻlgan, uning akalari yoki opalari haqida hech qanday yozma manbalar topilmagan. Adam Smith 14 yoshida Glazgo Universitetiga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollege ga oʻqishga kirgan va 1746 -yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmagi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari ritorika, xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan. 1750-yillarda Adam Smith oʻzidan oʻn yosh katta boʻlgan David Hume bilan tanishadi.Ular qarashlarining oʻhshashligi ularning qoʻyidagi fanlarda birga olib borgan izlanishlarida oʻz aksini topgan: tarix, siyosat, falsafa, iqtisodiyot va din. Bu shuni koʻrsatadiki ular birga intellektual alyans tashkil etishgan, bu esa Shotlandiyaning uygʻonish bosqichida muhim rol tutgan.

1751-yilda Adam Smithga mantiq fani boʻyicha Glazgo Universitetida professorlik unvoni berilgan. Smith etika, ritorika, huquqshunoslik va siyosiy iqtisodiyot boʻyicha ma`ruzalar oʻqigan.1759 -yilda Adam Smit ma`ruzalar toʻplamidan iborat maqolani chop etgan.Adom Smit oʻzining bu maqolasida etik hulq qoliblari toʻgʻrisida gapirib oʻtgan va uni aholini muqobil holatda ushlab turuvchi qurol sifatida ko’rsatib oʻtgan.

Adam Smit 1776-yilda chop etilgan “Aholi daromadlarini tabiati va kelib chiqishi sabablari” kitobi tufayli dunyoga tanilgan.

Adam Smit 1776-yilda Londonga kelgach, bu yerda oʻz “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” asarini chop etgan. Bu asarda Iqtisodiy erkinlikning oqibatlari toʻgʻrisida izchil koʻrsatmalar berilgan.Shu bilan birga u bu asarda laissez – faire, egoizmning roli,mehnat taqsimoti, bozor funksiyalari va erkin iqtisodiyotning halqora tushunchasi toʻgʻrisada ham muhokamalar olib borgan. Aholi daromadlari iqtisodiyotni fan sifatida namoyon etdi va erkin tadbirkorlik nazariyasiga asos soldi. Smit shunday intelektual sistemani koʻrsatdiki,bu sistema erkin bozorning ishlash mexanizmini ochib berdi va hozirgi kunga qadar bu mexanizm iqtisodiy bilimlarning asoslaridan biri hisoblanadi. Smitning eng taniqli aforizmi – bu bozorning koʻrinmas qoʻli – u bu tushunchani egoismni tushunturish, resurslar taqsimotining samarali richagi sifatida koʻrsatadi.

1778-yilda Adam Smit Edinburg, Shotlandiya bojxona boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. Adam Smit shu yerda uzoq davom etgan kasalligi tufayli 17- iyul 1790 -yilda vafot etgan.

  • Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov. Per. s angl., M., 1962.
  • Razzoqov A. va boshqa, Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002.