Kontent qismiga oʻtish

Attan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Afg`on milliy raqsi Attandan yoʻnaltirildi)

Attan — Afgʻoniston va Shimoliy Gʻarbiy Pokistonning pushtun qabilaviy mintaqalaridan kelib chiqqan anʼanaviy raqs. Hozir u Afgʻonistonning milliy raqsi hisoblanadi. Baʼzilar uning zardushtiylik bilan bogʻliq ruhiy ildizlari borligiga ishonishadi. Boshqalar esa raqsni ingliz istilosi va pushtunlarning qarshilik harakati bilan bogʻlaydilar, oʻshanda pushtunlar mustamlakachilarga qarshi jang qilishga tayyor boʻlgan jangchilar oʻrtasida ishonch va quvvat uygʻotish uchun raqsdan foydalanganlar. Attan, shuningdek, pushtunlar tomonidan urush paytida toʻy yoki boshqa bayramlarda (unashtiruv, toʻy va norasmiy yigʻilishlar) olib borilgan. Afgʻonistondagi boshqa etnik guruhlar hamda Pokistondagi pushtun etnik guruhi tomonidan keng tarqalgan.

An'anaviy attan - pushtun qabilalari guruhi tomonidan bajariladigan raqsning maxsus turi bo'lib, ular qilich yokil ro`mol, sharflarini havoda silkitib, nog'orachilar nog'ora chalg'itadi. Ular baraban urishiga mos ravishda aylanib, aylana bo'ylab harakatlanadilar.

Mintaqaga va qabilaga qarab, pushtunlarda attannning turli usullari va uslublari mavjud, masalan, Paktiyo attan uslubi bunga yaqqol misoldir[1].

  1. http://www.virtualafghans.com/attan/