Kontent qismiga oʻtish

Afrika qoʻnogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Afrika qo‘nog‘idan yoʻnaltirildi)

Afrika qoʻnogʻi (Pennisetum tuphoidum) — bir yillik don va yem-xashak ekini. Tashqi koʻrinishidan makkajoʻxori va sorgo (oqjoʻxori, qoʻqon joʻxori)ga oʻxshaydi. Osiyo, Afrika, qisman Janubiy Yevropaning quruq iqlimli zonalarida yetishtiriladi. Doni oziq-ovqatga va hayvonlarga yem uchun ishlatiladi. Bargi va poyasidan koʻk ozuqa va pichan tayyorlanadi. 100 kg donida 89 ozuqa birligi, 10 kg hazm boʻladigan protein, 100 kg pichanida 50 ozuqa birligi va 8,2 kg hazm boʻladigan protein bor. Afrika qoʻnogʻi issiqsevar, yorugʻsevar va qurgʻoqchilikka chidamlidir. Qumloqlarda va qoʻngʻir tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. 1 gektar yerga 5-10 kg urugʻlik sarflanadi, urugʻlar 5-6 sm chuqurlikka ekiladi. Hosildorligi koʻk massa boʻyicha 80- 500 s/ga, sugʻoriladigan maydonlarda 800-1000 s/ga, don boʻyicha 11-40 s/ga teng. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida Afrika qoʻnogʻini Oʻzbekiston sharoitlarida oʻstirish tavsiyalari ishlab chiqilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent-2000-yil