Ahmad al-Shuqayriy
Ahmad Alshugairi – أحمد الشقيري | |
---|---|
Tavalludi |
Ahmad Mazen Alshugairi 6-iyun 1973-yil |
Fuqaroligi | Saudiya Arabistoni |
Kasbi | TV Personality |
Faoliyat yillari | 2002–present |
Turmush oʻrtogʻi |
Rola Dashisha (turm. 1999) |
Vikiiqtibosda Ahmad al-Shuqayriyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ahmad Mazin al-Shuqayriy( arabcha: أحمد مازن الشقيري; 1973-yil 6-iyunda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tugʻilgan), [1] saudiyalik tashabbuskor va ommaviy axborot vositalari namoyondasi . [2] U 2005 yildan 2015 yilgacha boʻlgan vaqtni qamrab olgan “Gʻoyalar” ("خواطر") dasturi bilan mashhur boʻlib, bu arab dunyosida, xususan Saudiya Arabistonida muhim tijorat muvaffaqiyati edi. U ijtimoiy tarmoqlarda sezilarli taʼsirga ega boʻlib, 18,2 million obunachiga ega (2019-yil oktyabr holatiga koʻra). Dunyodagi eng yaxshi 100 talikka kirganlardan. Shuningdek, 2015 yilda Twitterda esa Saudiya Arabistoni boʻyicha 1-oʻrinni egallagan. [3]
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Shuqayriy Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida tugʻilgan va Jiddadagi Manarat oʻrta maktabini tugatib, Amerika Qoʻshma Shtatlarga koʻchib borgan va u yerda menejment tizimlari boʻyicha bakalavr darajasini va Kaliforniya shtati universiteti-Long-Bichda magistraturadarajasini oldi. [4]
1996 yilda Saudiya Arabistoniga qaytib, otasining tijoratida ishlay boshladi.
Otasi Mazen al-Shuqayriy, onasi Affaf Ali. Ahmad al-Shuqayriy ikki marta turmush qurgan; birinchi turmush oʻrtogʻi Yasmin bilan ajrashgandan soʻng, u ikkinchi turmush oʻrtogʻi "G'oyalar" dasturining 5 va 6- mavsumidagi kostyumlar dizayneri boʻlgan Rola Dashishaga uylandi. Ularning Yusuf va Ibrohim ismli ikki o‘g‘li bor.
Mavqe
[tahrir | manbasini tahrirlash]Media sohasidagi faoliyatini 2002-yilda “ Yalla ya Shabob” (“Keling, yigitlar”) “Agar u oramizda bo‘lganida” va ikkinchi ko‘rsatuvida “Shayx Hamza Yusuf bilan sayohat” dasturlarini MBC telekanalida boshlagan. U 2005 yildan 2015 yilgacha Ramazon oyida efirga uzatilgan “Gʻoyalar” teleko‘rsatuvining boshlovchisi boʻlgan. [5] U 2015-yilda Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum bilim mukofoti 1 million AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Uning koʻplab chop etilgan nashrlari boʻlib, ular:
- G'oyalar kitoblari nashr etilgan kitobdagi G'oyalar teleserialining mazmunini o'z ichiga oladi.
- Yaponiyalik G'oyalar, yaponiyada bo'lgan G'oyalar 5-mavsumiga ishora.
- Gandi bilan sayohatim, u ushbu kitobda bu hayotdagi o'z tajribasi haqida gapiradi.
- "Qirq" kitobida Ahmadning eng sevimli 40 ta narsasi haqida so'z boradi, masalan, 40 ta sevimli kitob, Qur'onning 40 ta sevimli oyatlari va boshqalar.
Tanqidiy qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]U BAAdagi Twenty Youth jurnali (20 yigitlar jurnali) uni arab dunyosidagi eng nufuzli jurnal sifatida oʻz roʻyxatida birinchi oʻringa olib chiqdi. Shuningdek, u Iordaniyada boʻlib oʻtgan 3-yoshlar media forumining “Eng yaxshi yoshlar mediasi” nominatsiyasida gʻolib chiqqan va Arabian Business jurnali tomonidan eʼlon qilingan soʻrov natijalariga koʻra arab dunyosidagi 500 ta eng nufuzli arab arboblari roʻyxatida 143-oʻrinni egallagan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ahmad Al Shugairi Facebookda.
- Ahmad Al Shug‘ayriy Twitter’da.
- Ahmad Al Shugairi Youtube-da.
- Top 500 arab raqamlari (arabcha).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Reference at www.arabianbusiness.com“.
- ↑ „أحمد الشقيري ... الجد والحفيد بقلم خليل الصمادي“. دنيا الرأي.
- ↑ „أحمد الشقيري Twitter Stats & Rankings (shugairi) | Twitaholic.com“. twitaholic.com. 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-mart.
- ↑ „Reference at www.linkedin.com“.
- ↑ „Preaching Moderate Islam and Becoming a TV Star – The New York Times“.