Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Bogʻishamoliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ahmad Bog`ishamoliydan yoʻnaltirildi)

Ahmad Bogʻishamoliy, Pir Ahmad Bogʻishamoliy (XV asr) — Amir Temur saroyida xizmat qilgan ras-som. Samarqanddagi Bogʻi Shamol va boshqa saroylarni mohirona bezagan. Ahmad Bogʻishamoliy Abdulhayning zamondoshi boʻlib, uning ijodiy uslubini davom ettirgan. Rassomning miniatyura asarlari bizgacha yetib kelmagan. Mutaxassislarning fikricha, Jomiyning „Silsilat uzzahab“ („Oltin zanjir“) asari oxirida berilgan ikki betli diptixni Ahmad Bogʻishamoliy bajargan (Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonada saqlanmoqda).