Kontent qismiga oʻtish

Abu Isʼhoq at-Talabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmad ibn Muhammad at-Talabiydan yoʻnaltirildi)
Abu Isʼhoq at-Talabiy
أَبُو إِسْحَاقَ الثَّعْلَبِيُّ
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 10-asr
Vafoti Hijriy 427-yil
Dafn etilgan joyi Nishopur
Dini Islom
Mazhab Sunniylik
Yurisprudensiya Shofeiylik
Imom Ashʼariylik
Asosiy qiziqish(lar)i Tafsir, Hadis, Kalom, Tarix
Mashhur ish(lar)i

At-Talabiy (Abū Isʼḥoq Aḥmad ibn Muḥammad ibn Ibrohīm al-Nīsābūrīy at-Talabiy أبو اسحاق أحمد بن محمد بن ابراهيم الثعلبي; vafoti 1035-yil noyabr) XI asrda yashagan fors millatiga mansub islom olimi[1].

Unga sunniy ulamolar yuksak baho bergan. „Tabaqat ul-kubro“ning 3-jildi 23-betida Talabiyga quyidagicha taʼrif berilgan:

Alloma Talabiy Qurʼon ilmi boʻyicha oʻz davrining eng buyuk olimi boʻlgan. Ahli Sunna imomi Abu Qosim al-Qurshriy „Men Allohni tushimda koʻrdim, u bilan suhbatlashayotgan edim. Suhbatimiz chogʻida Alloh taolo: Bir taqvodor kishi kelyapti, dedi. Qarasam, Ahmad ibn Talabiy biz tomon kelayotgan ekan“, degan.

At-Talabiy ikki asari bilan mashhur boʻlib, ular Tafsir at-Talabiy va paygʻambarlar qissalariga oid Arois al-madjalis fi hisas al-anbiyo kitobi[2]. Ikkinchi asari „taʼlim va oʻyin-kulgu uchun moʻljallangan mashhur tasavvuriy asar“ sifatida tavsiflangan. Paygʻambarlarning tarixiy xronologiyasi boʻyicha koʻplab rivoyatlar Tabariy foydalangan manbalardan olingan. … Asar Kisoiy asari bilan bir qatorda islomdagi paygʻambarlar qissalarining standart manbasiga aylangan. Talabiyning Tafsiridan farqli ravishda bu asar koʻp marta nashr qilingan.

Nashr va tarjimalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • al-Thaʻlabī, Qiṣaṣ al-anbiyā’ (Cairo, 1954)
  • Abū Isḥāq Aḥmad ibn Muḥammad ibn Ibrāhīm al-Thaʻlabī, Lives of the Prophets, trans. by W. M. Brinner, Studies in Arabic Literature, 23 (Leiden: Brill, 2002), ISBN 9004125892, ISBN 9789004125896
  1. The Cambridge history of Iran., Repr., London: Cambridge U.P., 1975 — 469-bet. ISBN 978-0-521-20093-6. 
  2. A. Rippin, “al-T̲h̲aʿlabī”, in Encyclopædia of Islam, ed. by P. J. Bearman and others, 2nd edn, 12 vols (Leiden: Brill, 1960–2005), Template loop detected: Andoza:Doi
    This citation will be automatically completed in the next few minutes. You can jump the queue or expand by handAbu Isʼhoq at-Talabiy]], ISBN 9789004161214.