Kontent qismiga oʻtish

Hojiakbar Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedov Hojiakbardan yoʻnaltirildi)

Ahmedov Hojiakbar (1906.1.6, hozirgi Namangan tumani Xonobod qishlogʻi — 1980.5.3, Namangan) — oʻzbek xonandasi (bariton) va aktyor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Hamnafaslari Ja’farxon Umarov va Jamolqori Gʻiyosovlar bilan birga Katta Fargʻona kanali, Shimoliy Toshkent kanali qurilishlarida qatnashgan. Namangan musiqali drama teatrida (1934—1941), Muqimiy teatrida (1941—1962) ishlagan. Sardor ("Tohir va Zuhra"), Hisrav ("Farhod va Shirin"), Dehqon ota ("Oftobxon"), Hoji, Goʻroʻgʻli ("Nurxon", "Ravshan va Zulxumor"), Rais ("Oltin koʻl"), Madumar ("Vatan ishqi") va boshqa obrazlarni yaratgan. Repertuaridan katta ashula, ommabop oʻzbek qoʻshiqlari oʻrin olgan: "Hormangiz", "Kanalimga keling", "Ey, koʻngil", "Ilgʻor suvora", "Bir qamar", "Mehnat ila", "Hur diyorim", "Oʻzingdandir", "Oʻrgandim" va boshqalar. Namangan tumanidagi bolalar musiqa maktabiga Hojiakbar Ahmedov nomi berilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil