Kontent qismiga oʻtish

Aka buxor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Aka Buxordan yoʻnaltirildi)

Aka buxor (taxallusi; asl ismi Buxorjon Zokirov) (1894 — Qoʻqon — 1962) — oʻzbek xalq qiziqchisi. 1916-yildan malakali qiziqchi sifatida taniladi. Qoʻqonlik Mahkam Hofiz truppasi bilan Toshkentga kelib, „Non garovi“, „Yurak ogʻrigʻi“, „Roʻmolcha oʻynatish“ kabi tomoshalar koʻrsatadi. Xalq sozandalari va qiziqchilariga ishboshilik qiladi. Shoʻrolar hokimiyatining dastlabki yillarida Aka Buxor eski qiziqchiliklarni davr va tomoshabinlar talabiga moslaydi: „Hasan-Husan“, „Olti bola“, „Novvoylik“, „Mirobboshi“, „Boy bilan xizmat-kor“, „Chaqqon bola“ va boshqa 40-yillarda u Shokirjon Toshkanboyev, Usmonjon Nishonboyev, Haqimjon Parpiyev kabi dorbozlar bilan Turkistonning shahar va qishloqlarida tomoshalar koʻrsatadi. Aka Buxor anʼanaviy teatrning barcha janrlarida ijod qilgan. Ijrochi sifatida yuz va koʻz ifodalari, tovush ohanglaridan juda ustalik bilan foydalangan. U kulgili oʻyinlarni ijro etishda, hajviy hikoyalar aytishda, askiyada ham mohir boʻlgan. Tesha qiziq Komilov, Toʻychiqori Rahimov, Gʻofurjon Mamayunusov kabi qiziqchilar Aka Buxorga ergashib ijod qilganlar[1].

  1. "Aka buxor" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Qodirov M., Masharaboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1968.