Kontent qismiga oʻtish

Beda biti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Akatsiya bitidan yoʻnaltirildi)
Beda biti

Beda biti, akasiya biti (Aphis craccivora Koch.) — afididlar oilasiga mansub qanotsiz yoki toʻrtta nafis qanotli mayda hasharot. Tanasi 1,3—2,1 mm. Migratsiyalanib toʻla oʻzgarish bilan rivojlanuvchi formalari mavjud. Beda biti tuxum holda beda angʻizi, akatsiya bachkisi, baʼzan yantoqda qishlaydi. Lichinkalari mart oyi boshlarida tuxumdan chiqadi. Alr. oxiri va may oyining boshlarida Beda biti oldin akatsiyaga, soʻngra gʻoʻza va boshqa oʻsimliklarga uchib oʻtadi. Bu oʻsimliklarning bargi dagʻallashgandan soʻng bedaga oʻtadi va dastlabki kuzgi sovuqdan keyinroq tuxum qoʻya boshlaydi. Beda biti yil davomida 12 avlod berib, asosan, yosh va sersuv novdalarda yashaydi.

Kurash choralari: oq akatsiyani ekinzor maydonlar atrofiga ekmaslik; may—iyunda tuproqqa 10 — 15 sm chu-qurlikda donador bazudin yoki fosfamid (40 kg/ga) solish; gʻoʻzaga fosfamid, rogor, BI-58 (1—2 kg/ga) purkash; aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardagi dalalarga xlorofos, karbofos bilan ishlov berish.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil