Odiljon Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akbarov Odiljondan yoʻnaltirildi)

Odiljon Akbarov (1933.23.8, Baliqchi tumani) — Xalq oʻqituvchisi (1983). „Oʻzbekiston hunar-texnika taʼlimi aʼlochisi“ (1969). 1951-yil Andijon shahridagi 10-hunar bilim yurtini, 1955-yil Toshkent industrial texnikumini, 1971-yil sirtdan Andijon pedagogika institutini tugatgan. 1955-yildan Andijon shahridagi 10-hunar-texnika bilim yurtida ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha usta, 1971-96 yillarda Andijon mashinasozlik litseyida maxsus fanlar boʻyicha oʻqituvchi. Akbarov boshchilik qilgan chizmachilik kabineti respublikadagi eng namunali kabinet hisoblangan. Ekranlashtirilgan bu kabinetda turli xil koʻrgazmali qurollar, didak-tik materiallar oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Akbarov Odiljon" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil