Kontent qismiga oʻtish

Akbar Haydarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Akbarqori Hofizdan yoʻnaltirildi)

Akbar Haydarov, Akbarqori hofiz (1893.1.5, Margʻilon – 1964.13.2, Toshkent) – xonanda va sozanda (tanbur, dutor), Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Dastlab xonandalik yoʻllarini hamda dutor chertishni otasi Haydar hofizdan oʻrgangan; qorixonada qiroatni oʻzlashtirgan, keyinchalik katta ashula yoʻllarini tanbur chalish sirlarini oʻrgangan. Toshkentda yashab, Toʻychi hofiz, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Ryzqi va Yunus rajabiylar va boshqa bilan birga "Sharqiya" kechalari, turli konsertlarda qatnashgan. 1927-yildan Oʻzbekiston radioqoʻmitasida ashulachi va sozanda. Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek sanʼati dekadasi qatnashchisi, Katta Fargʻona kanali, Farhod GES, Chirchiq, Angren shaharlari, Kattaqoʻrgʻon suv ombori quruvchilariga, Ikkinchi jahon urushi davrida jangchilarga madaniy xizmat qilgan. 1930-yillarda Qayum Shobaratov bilan Toshkent Oʻrdasida "Nafosat" choyxonasini tashkil qilib, bu yerda mashhur hofiz, sozanda va qiziqchilarning chiqishlarini uyushtirgan.

Haydarov keng diapazonli, baland, nafis va tiniq "tenor" ovozga, ravon ijro uslubiga ega boʻlib, repertuaridan katta ashula ("Bir kelib ketsun", "Yovvoyi Ushshoq", "Adashganman", "Ey, chehrasi tobonim" va boshqalar), ashula ("YO, hayot annabi", "Suvora", "Girya"), Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari ("Bayot", "Ushshoq", "Fargʻonacha Shahnoz") va boshqa oʻrin olgan I.Ikromov H. uchun "Munojot", "Choʻli Iroq" kabi ashula yoʻllarini yaratgan. U koʻp yillar davomida Turgʻun Karimov bilan hamnafaslik qilgan. 1919-yil H. ijrosidagi "Poyezdingni jildirgan" qoʻshigʻi, 1930–50 yillarda ashula va yallalari gramplastinkaga, 1940-yillarda katta ashulalari V. Uspenskiy tomonidan notaga yozib olingan.[1]

  1. Nasriddinov, Bahriddin. "Haydarov Akbar" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil