Aks shuʼla
Qiyofa
(Aks shu’ladan yoʻnaltirildi)
Aks shu’la — osmonning Quyoshga diametrial qarama-qarshi tomonida tumansimon, yoyiq dogʻday koʻrinadigan kuchsiz shu’la. Sayyoralararo changga tushayotgan quyosh nurlarining qaytishidan hosil boʻladi. Aks shuʼlani faqat oydinsiz, tim qorongʻi va havo ochiq tunlarda, mart-aprel hamda sentabr-oktabr oylarida kuzatish mumkin. U Kavkaz va Oʻrta Osiyo hududlarida yaxshi kuzatiladi. Aks shu’la yorqinligi tungi osmon yorqinligidan 10-15% ortiq. Aks shu’laning yorqinligi va shakli quyosh nuri faolligiga qarab oʻzgarib turadi. Aks shu’la tabiati hali yaxshi oʻrganilgan emas[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |