Akustik koʻzgu
Akustik koʻzgu — tushayotgan tovush toʻlqini uzunligidan chiziqli oʻlchamlari bir necha marta katta boʻlgan silliq yuzali tovush kaytargich. Masalan, dengiz sathi, imorat devori va boshqa sirtdagi gʻadir-budurliklarning chiziqli oʻlchamlari tushayotgan tovush toʻlqini uzunligining 1 dam 20 qisminigina tashkil etadigan Akustik koʻzgu silliq koʻzgu deyiladi. Takroriyligi (chastotasi) 500 gs dan yuqori boʻlgan tovush toʻlqinlari qaytargichning oʻlchami 2x2 m boʻlishi kerak. Tovush toʻlqinining tarqalish yoʻnalishini oʻzgartirish uchun yassi Akustik koʻzgu dan, parallel tovush toʻlqinlarini bir nuqtaga toʻplash (yoki yoyish) uchun paraboloid Akustik koʻzgu dan, bir nuqtadan chiqqan tovush toʻlqinlarini 280ikkinchi bir nuqtaga toʻplash uchun ellipsoid Akustik koʻzgu dan foydalaniladi. Akustik koʻzgu kurilish akustikasi, ultratovushlarni ilmiy tekshirish, texnika, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |