Fir
Qiyofa
(Al-Firdan yoʻnaltirildi)
Fir, Fil, al-Fir — Xorazmning qad. poytaxti; Amudaryoning soʻl sohilida joylashgan. Arab manbalarida alMansura deb ham atalgan. Beruniyning xabar berishicha, "AlFir Xorazm shahri (Kat)ning chekkasidagi loy va xom gʻishtdan qurilgan qalʼa boʻlib, bir-birining ichiga joylashgan va balandlikda birbiridan qolishmaydigan uch qavatli qoʻrgʻon edi... AlFir oʻn milcha va undan koʻproq masofadan koʻrinar edi. Jayxun har yili uni buzib, yiqitib va parchalab olib keta berdi; nihoyat Iskandar tarixining 1305-yilida (milodiy 993 yil) undan asar krlmadi". Shundan soʻng poytaxt Gurganj shahriga koʻchirilgan. F. xarobalari Shabboz (hozirgi Beruniy) oʻrnidadir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |