Kontent qismiga oʻtish

Isaac Albéniz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Albenis Isaak Manuel Fransiskodan yoʻnaltirildi)
Isaac Albéniz
Tavalludi 29-may 1860[1]
Vafoti 18-may 1909[1]
Fuqaroligi Ispaniya[2]

Isaac Manuel Francisco Albéniz y Pascual (talaffuzi: Isaak Manuel Fransisko Albenis i Paskual; 1860.29.5, Kamprodon, Katoloniya — 1909.18.5, Kambole Ben, Fransiya) — ispan kompozitori va pianinochisi. Yangi ispan musiqasining asoschisi. Barselona, Bryussel, Budapesht, Madridda taʼlim olgan. Albénizning ispan musiqa folkloriga murojaati ijodida tub burilish yasadi. Fortepiano uchun yaratgan asarlari kompozitorning nodir merosidir. Bu asarlarda xalq ashula-raqs anʼanalari va mumtoz musiqa uygʻunlashtirilgan: fortepiano uchun „Ispan syuitasi“ (1886), „Ispaniya“ (1890), „Iberiya“ (1905-1909) va boshqa „Kataloniya“ (1899) simfonik syuitasi, sarsuelalar („Muqaddas Antoniy“, 1894 va boshqalar), opera („Genri Klifford“, 1895-yil va boshqalar), romanslar va boshqa yaratgan[3].

  1. 1,0 1,1 — Т. 1. — С. 40.
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil