Kontent qismiga oʻtish

Amet-Xon Sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amet-Xan Sultandan yoʻnaltirildi)
Amet-Xon Sulton
Tavalludi 25-oktabr 1920
Alupka, Qrim
Vafoti 1-fevral 1971
Jukovskiy, Moskva viloyati
Unvoni Mayor
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Amet-Xon Sulton (qrim tatarcha: Amet-Han Sultan; ruscha: Амет-Хан Султан) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, aviatsiyada eskadrilya qoʻmondoni. Ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. 150 ta havo jangida qatnashgan, dushmanning 49 ta samolyotini urib tushirgan (30 tasi mustaqil ravishda, 19 tasini guruh aʼzosi oʻlaroq).[1]

Sultonning otasida lak qoni boʻlgani uchun 1944-yil qrim tatarlarining Oʻzbekistonga surgun qilinishidan saqlanib qolgan. Bunga qaramasdan, u pasportida millatini tatardan lakka oʻzgartirishdan bosh tortgan.[2][3]

Ikkinnchi jahon urushi oʻz yakuniga yetganidan keyin, Sulton Moskvada test uchuvchi sifatida faoliyat yuritgan. 1971-yil yangi dvigatel oʻrnatilgan Tupolev Tu-16 harbiy uchogʻiga sinovdan oʻtkazayotib halok boʻlgan. Umri davomida 96 xil samolyotni boshqarishni oʻzlashtirgan. Sobiq sovet mamlakatlarida Sulton sharafiga aeroportlar nomlangan, uning hayotiga bagʻishlangan muzeylar ochilgan. 2013-yil uning hayoti haqida „Haytarma“ filmi suratga olingan.[1][4]

  1. 1,0 1,1 Simonov A.A. Амет-Хан Султан warheroes.ru (ruscha)
  2. „How Soviet authorities deported entire ethnic Crimean Tatar population from their homeland“ (inglizcha). 112.international. 7-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2018-yil.
  3. Uehling, Greta. Beyond Memory: The Crimean Tatars' Deportation and Return (inglizcha). Springer, 26-noyabr 2004-yil. ISBN 9781403981271. 
  4. Boyne, Walter J.. Air Warfare: An International Encyclopedia (inglizcha). ABC-CLIO, 2002. ISBN 9781576073452.