Kontent qismiga oʻtish

Aminofenollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aminogidroksibenzollardan yoʻnaltirildi)

Aminofenollar, aminogidroksibenzollar, gidroksianilinlar – organik birikmalar. aminofenollar mfoter birikmalar boʻlib, kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladi. Uch xil izomeri bor. o-aminofenollar, suyuqlanish temperaturasi 174°, m-aminofenollar, suyuqlanish temperaturasi 123° va p-aminofenollar, suyuqlanish temperaturasi 186°. Orto- va paraizomerlar havoda oksidlanib jigarrang tusga kiradi, metaizomer esa barqarorroqdir. Aminofenollar nitrofenol yoki nitrofenollarni qaytarish yoʻli bilan olinadi. Aminofenollar olgingugurtli boʻyoqlar va azoboʻyoqlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Bundan tashqari, p-aminofenollar ularning hosilalari, masalan, metol, amidol fotografiyada ishlatiladi. p- va o-aminofenollar moʻyna hamda jun mahsulotlarini, o-aminofenollarning N-metil hosilasi esa sochni jigarrangga boʻyashda qoʻllanadi. m-aminofenollar p-aminosalitsilat kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil