Kontent qismiga oʻtish

Fozil Amirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amirov Fozil Fayzrahmonovichdan yoʻnaltirildi)

Fozil Fayzrahmonovich Amirov (1914-yil 26-yanvar – 1979-yil 7-iyul, Toshkent) – oʻzbek-sovet tibbiyot olimi, jarroh, topografik anatomiya boʻyicha mutaxassis. U 1960-yilda Tibbiyot fanlari doktori, soʻng 1961-yilda professor darajasini olgan. Fozil Amirov 1974-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoni, SSSR Davlat mukofoti laureati boʻlgan.

Amirov Fozil 1914-yil 26-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabni aʼlo baholarga bitirgach, toshkent tibbiyot institutiga kiradi. Mazkur dargohni 1938-yilda muvaffaqiyatli tugatgan. Mudhish ikkinchi jahon urushi boshlangach, 1943-yilda evakuasiya qilinganlar gospitalida yetakchi jarroh boʻlib ishlagan va Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

U 1944-1946-yillarda yetakchi armiya jarrohi sifatida Vengriya va Ruminiyani ozod qilishda qatnashgan.

Fozil Amirov 1945-yilda II-darajali Vatan urushi ordeni, „Stalingrad mudofaasi uchun“ va „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medallari bilan taqdirlangan.

Tibbiyot olimi 1947-1957-yillarda tibbiyot va stomatologiya fakulteti dekan muovini lavozimida, 1949-yildan – fan nomzodi. „Ochiq pnevmotoraks patogenezi va undagi vagosimpatik blokadaning taʼsir mexanizmi“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1959-yilda „Tajribadagi nuqsonlar va bronxlar plastikasi“ boʻyicha doktorlik ilmiy darajasini yoqladi.

Amirov 1954-yilda „Mehnatdagi jasorati uchun“ medali bilan taqdirlangan. 1956-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. Keyinchalik u 1970-yilda „Jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan.

Oʻpka kasalliklari jarrohi, professor 1971-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvonini olgan. U 1974-yilda „Traxeya va bronxlarda rekonstruktiv operasiyalarni ishlab chiqqanligi uchun“ SSSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Fozil Amirov 1966-1979-yillarda – Toshkent tibbiot akademiyasi Topografik anatomiya bilan operativ xirurgiya kafedrasi mudiri. U 1959-1967-yillarda institutda oʻquv jarayonini optimallashtirish boʻyicha uslubiy seksiyaning raisi boʻlgan. – Toshkent tibbiot akademiyasi ilmiy ishlar boʻyicha prorektori boʻlgan.

Shuningdek, u London (1959), Rim (1960), Berlin (1966)dagi xalqaro ilmiy anjumanlar ishtirokchisi.

Taniqli shifokor Amirov 1979-yilda Toshkentda vafot etgan. U Minor qabristoniga dafn etilgan.

Ilmiy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tibbiyot fanlari professori F.Amirov bronxologiyaning turli jihatlari, traxeya va bronxlardagi plastik jarrohlik paytida ogʻriqni yoʻqotish, nafas olish yoʻllarida rekonstruktiv va tiklovchi operasiyalarni ishlab chiqish boʻyicha 143 ta ilmiy maqolalar muallifi sanaladi.

Nafas olish yoʻllarida rekonstruktiv operasiyalar usullari ishlab chiqilgan.

Fozil Fayzraxmonovich 1962-yilda „Traxeya va bronxlar plastiyasi“ monografiyasini nashr ettirdi va bu operasiyalarning jarrohlik amaliyotiga keng joriy etilishiga xizmat qildi. Akademiklar A. P. Bakulev, P. A. Kupriyanov, B. V. Petrovskiy, A. A. Vishnevskiy, L. K. Bogush, E. N. Meshalkinlar uning ishini yuqori baholadilar.

U 30 martadan ortiq Butunittifoq Respublika qurultoy va konferensiyalarida maʼruza qildi. Uning rahbarligida 6 ta doktorlik va 20 ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi.

Bibliografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1973-yilda Traxeya va bronxlarning alloplastikasi 
  • 1974-yilda Qorin boʻshligʻi va uning organlarining rentgen anatomiyasi 
  • 1976-yilda Anesteziya ostida bir oʻpkali ventilyasiya,
  • 1978-yilda Traxeya va bronxlardagi rekonstruktiv operasiyalar
  • 1962-yilda Traxeya va bronxlarda plastik jarrohlik

Oʻqituvchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpgina shogirdlar, 6 nafar tibbiyot fanlari doktori va 2 nafar fan nomzodini tayyorlagan.

Unvon va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • II-darajali Vatan urushi ordeni
  • Qizil Yulduz ordeni
  • SSSR medallari
  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi
  • SSSR Davlat mukofoti (1974-yilda) (traxeya va bronxlarda jarrohlik operasiyalarini ishlab chiqish va klinik amaliyotga joriy etish uchun)