Amyobiaz
Qiyofa
(Amyoba dizenteriyasidan yoʻnaltirildi)
Amyobiaz, amyoba dizenteriyasi — yoʻgʻon ichakning yarali yalligʻlanishi bilan kechadigan protozoy kasallik, ichburugʻning bir turi. Dizenteriya amyo-basi qoʻzgʻatadi. Kasallikda bemorning tinkasi qurib, ishtahasi yoʻqoladi, qorni ogʻrib, ichi ketadi (bir kecha-kun-duzda 5-20 va undan koʻp), suyuq najasda shilliq moddalar va qon boʻladi. Baʼzan harorat koʻtariladi (39-40°), zaharlanish alomatlari (koʻngil aynishi, qusish), jigar va boshqa aʼzolarda abssess roʻy beradi. Davo choralari koʻrilmasa yoki bilar-bilmas davo qilinsa, kasallik surunkali shaklga oʻtadi. A. bilan ogʻrigan bemor kasalxonada davolanadi. Meʼda-ichak faoliyati buzilganda darhol vrachga murojaat etish lozim.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |