Kontent qismiga oʻtish

An-Nosir li-dinillah

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(An Nosir li-dinillahdan yoʻnaltirildi)

An-Nosir lidinilloh – abbosiylardan boʻlgan xalifa (1180—1225). An-Nosir davrida xalifalik bilan saljuqiylar, xorazmshohlar oʻrtasidagi ziddiyat yanada avj oldi. Saljuqiy sultonlar Bagʻdodda xutba oʻqilayotgan vaqtda ularning ham nomi qoʻshib oʻqilishi lozimligini xalifalikdan katʼiy talab qilganlar. An-Nosir buni kati-yan rad etgan. Xorazmshoh Takash 1194-yil saljuqiylarni yenggach, ushbu talabni qoʻygan. Uning oʻgʻli Muhammad xorazmshoh ham otasi izidan borgan va 1217-yil qurol kuchi bilan Bagʻdodni olishga harakat etgan, birok, yurish muvaffaqiyatsiz tugagan. Jaloliddin Manguberdi ham N.ga qarshi boʻlgan. Xalifa an-Nosirning xalq orasida obroʻi past edi. Xalifa sultonlardan oʻzinigina emas, balki va-zirini ham izzat-ikrom qilishlarini talab etgan. An-Nosir musulmon olamida xususiy yer mulki yoʻq, chunki barcha yerlar „amiral moʻminin“ (xalifa)ga tegishli deb eʼlon qilgan. An-Nosir oʻz raqiblari bilan kurashda har qanday vositadan qaytmagan, uning aygʻoqchilari hamma yerda izgʻib yurishardi, oʻzi esa kechalari kiyimini oʻzgartirib Bagʻdodni kezardi. U davlat xazinasi uchun yangidan-yangi soliqlar, toʻlovlar oʻylab topishga mohir edi[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil