Onadoʻli yassitogʻligi
Qiyofa
(Anadolu yassitog'ligidan yoʻnaltirildi)
Anadolu (Anatoliya) yassitogʻligi – Turkiyadagi yassitogʻlik. Kichik Osiyo togʻligining ichki qismi. Uz. (sharqdan gʻarbga) 700 km, eni (shimolidan jan.ga) 400 km. Shimolidan Pontiya, janubidan Tavr togʻlari oʻrab turadi. Yas-sitoglik bir qancha tekislik hamda berk 461botiqlardan iborat, ularni togʻ tizmalari bir-biridan ajratib turadi. Koʻp qismining mutlaq balandligi 900–1500 m. Eng baland yeri – Erjiyos soʻngan vulkani (3700 m). Dasht va chala choʻldan iborat. Iqlimi yarim quruq kontinental. Eng koʻp tarqalgan tabiiy oʻsimligi – tikanakli pastak yostiqsimon buta. Voha dehqonchiligi va chorvachilik rivojlan-gan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |