Kontent qismiga oʻtish

And togʻlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(And tog'laridan yoʻnaltirildi)

And togʻlari (ispancha: Andes; Cordillera de los Andes; ink xalqlari tilida anta — mis konli togʻlar) — dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 km) va eng baland (6960 m) togʻ tarmoqlaridan biri. Eni 800 km gacha. And togʻlari Janubiy Amerikani butun uzunligi boʻylab gʻarb tomonidan oʻrab turadi. And togʻlari shimolidan janubga ni-hoyatda uzun masofada (66°ga) choʻzilib ketgan-ligidan tuproq va oʻsimlik qoplami ham turlicha, vertikal mintaqalar aniq na-moyon boʻlgan. Tez-tez zil-zila boʻlib, vulkanlar (Kotopaxi, Misti, Maypu) otilib turadi. And togʻlari bir- gʻ birlariga parallel boʻlgan va meridian P boʻylab choʻzilgan tizmalardan iborat. -I Shimolida Karib dengizi sohillari boʻylab ikki qator (bal. 2765 m gacha), shimoli-gʻarbida 4 qator (bal. 5800 m gacha) tizma joylashgan. Tizmalarni chuqur tektonik botiqlar va ichki yassi togʻliklar bir-biridan ajra-tib turadi. Ekvadorda ikki qator vul-kan togʻlari togʻ oraligʻidagi botiqlarni oʻrab turadi. Peruda balandligi 6768 m gacha boʻlgan togʻlar va 4200 m gacha koʻtarilgan platolarni daryolar chuqur oʻyib yuborgan. Markaziy And togʻlari tizmalarining oʻrtacha balandligi 4000 — 5000 m. Platolar keng va juda baland (4000 m chamasida). Bosh Kordi-lera togʻlaridagi Akonkagua togʻi (6960 m)- Gʻarbiy yarim shardagi eng baland choʻqqi. Kirgʻoq boʻyi tizmasi choʻzilgan, sharqda esa palaxsali togʻlar joylash-gan. Qor chizigʻi janubida 500 — 1500 m, markaziy qismida 6500 m, shimolida 4700 m balandligidan oʻtadi. Janubiy qismlarida katta muzliklar okeangacha tushib keladi. And togʻlaridan Amazonka va uning irmoklari Ori-noko va boshqa boshlanadi. And togʻlarining marka-ziy qismida Titikaka, Poopo balandtogʻ koʻllari bor. And togʻlari 6 xil iqlim zonasida joylashgan. Venesuela va Gʻarbiy Ekva-dorda tropik iqlim, qish quruq keladi, siyrak oʻrmonlar oʻsadi. Janubiga tushgan sari choʻl zonasi subtropik, moʻ’tadil choʻl va dasht landshaftlari bilan almashinadi. And togʻlari asosan alp burmalanishi davrida shakllangan (sharqiy qismida undan ham qadimgiroq jinslar mavjud). Togʻlarda 30dan ortiq qarakatdagi vulkan (Kotopa-xi, Osorno, Sangay va boshqalar) mavjud. And togʻlarida foydali kazilmalardan kam uchraydigan va rangli metallar, gʻamda neft, se-litra, oltingugurt, asbest, mis, qalay, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, vana-diy, surma, vismut, mishyak va boshqa konlar bor. And togʻlari shimoliy qismining shamolga roʻpara gʻarbiy yon bagʻri — togʻ qizil tuproqli yerlar barg toʻkuvchi oʻrmonlar bilan, janubga tomon laterit tuproqli yon bagʻirlar sernam ekvatorial va tropik oʻrmonlar hamda jigarrang tuproqli yerlar doim quruq subtropik oʻrmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Ichki baland 488platolar esa oʻtloq (paramos), quruq ba-land togʻ tropik choʻllar (halqa) va choʻldan iborat. And togʻlari kartoshka, xin daraxti va boshqa foydali oʻsimliklar vatani. Hayvonot dunyosi xilma-xil: lama, koʻzoynakli ayiq, magellan iti, shinshilla, tulki, turli xil kemiruvchilar va qushlardan — kondor yashaydi. And togʻlarida Sahama (Boli-viya), La-nin (Argentina), Los-Paraguas (Chili) va boshqa milliy parklari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil