Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi
Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi — Andijon shahridagi oʻzbek adabiyoti va sanʼati asarlari tuplangan muassasa. 1989-yil viloyat oʻlkashunoslik muzeyidan ajralib chiqib mustaqil faoliyat koʻrsata bosh-lagan. Andijon shahridagi meʼmoriy yod-gorlik Ahmadbek hoji mehmonxonasi (muzey maʼmuriyati va sanʼat bulimi) hamda Ark ichi (adabiyot bulimi) meʼ-moriy yodgorligida joylashgan. 1975-yil Oʻzbekiston Qoʻlyozmalar instituti adabiyot muzeyining Andijon bulimi sifatida H. Sulaymonov tashabbusi bilan Andijon jome masjidi majmuasida ochilgan. 1978-yildan viloyat ulkashunoslik muzeyi ixtiyorida, tasviriy va amaliy sanʼat bulimi tashkil etildi. Muzeyning umu-miy jamgʻarmasi 3718 ta boʻlib, adabiyotlar (2565 ta), tasviriy va amaliy sanʼat asarlari (1000dan ortiq) tuplangan. Mu-zeyda respublika va viloyat miqyosidagi turli davrlarda xalq ustalari tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat namunalari, tasviriy sanʼat asarlari, sharq mutafakkirlari qoʻlyozma va toshbosma asarlari, hozirgi davr adabiy muhitini aks ettiruvchi materiallar saqlanadi. Jumladan, Bobur boʻlimida Bobur hayoti va ijodiga oid boy materiallar, tarixiy manbalar tuplangan; Jomiyning „Devon“i, A. Bedilning „Kulliyot“i va boshqa qoʻlyozma asarlar diqqatga sazovor. Mu-zeyda turli mavzuda koʻrgazmalar tashkil qilinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |