Kontent qismiga oʻtish

Andrey Tupolev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Andrey Nikolayevich Tupolevdan yoʻnaltirildi)
Andrey Nikolayevich Tupolev

Tupolev Andrey Nikolayevich (1888.29.10, Kaliningrad viloyati — 1972.23.12, Moskva) — rus aviakonstruktori, akademik (1953), generalpolkovnikmuxandis (1968), 3 marta Mehnat Qahramoni (1945, 1957, 1972), Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1918). N. Ye. Jukovskiy bilan birga Aerodinamika intini tashkil qilgan (1918), shu institut tarkibida samolyotlar, torpeda katerlari va aerochanalar yaratish bilan shugʻullanuvchi tajriba konstruktorlik byurosini tuzgan (1922) va uni boshkargan. Tupolev rahbarligida 100 dan ortiq tipdagi harbiy va fuqarolar samolyotlari, shu jumladan, ANT25, TU-104 samolyotlari (birinchi reaktiv fuqaro samolyoti), TU114, TU144 (tovushdan tezuchar fuqarolar samolyoti) yaratilgan. T. samolyotsozlikka duralyuminiyni tatbiq qilish ishlariga rahbarlik qilgan (1922—24). T. samolyotlarida 78 jahon rekordi oʻrnatilgan, 28 noyob uchib oʻtishlar (shu jumladan, ANT4 samolyotida "Chelyuskin" paroxodi ekipajini qutqarish, ANT25 samolyotida V. P. Chkalov va M. M. Gromovning Shimoliy qutb orqali AQSH ga qoʻnmay uchishi) bajarilgan.