Kontent qismiga oʻtish

Andrey Novosyolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Andrey Novoselovdan yoʻnaltirildi)
Andrey Novoselov
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 187
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 59.66
Erkin dastur 102.99
Raqs (umumiy natija) 160.47

Andrey Aleksandrovich Novoselov (1989 yil 24-noyabrda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Lola Esbrat bilan Fransiya terma jamoasi vakili sifatida raqobatlasha turib, uchta xalqaro medalni qo‘lga kiritgan va 2018-yilgi Fransiya chempioni boʻlgan. Avvalroq u Tatyana Novik, Tatyana Danilova va Sabina Imaykina bilan Rossiya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan.

Novoselov 1993-yilda konkida uchishni o‘rgana boshlagan[1]. Novoselov 2007-yilda Sabina Imaikina bilan Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Grand-pri seriyasida qatnasha boshlagan. Keyingi yili juftlik huddi shu musobaqada yana qatnashib, ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2008 — 2009-yilda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan va finalda qatnashib beshinchi oʻrindan joy olgan. 2009-yilgi Rossiya chempionatida bu juftlik kattalar toifasida ishtirok etib, beshinchi oʻrinni egallagan, oʻsmirlar oʻrtasida esa bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ularga Perm shahrida Valeriy Tiukov va Valentina Tiukova murabbiylik qilgan. Juftlik mavsum yakunida hamkorligini tugatgan.

Danilova / Novoselov, 2009-yil

Novoselov 2009-yilda Tatyana Danilova bilan juftlikda konkida ucha boshlagan. Bu juftlikka Moskvada Inna Utkina murabbiylik qilgan. Juftlik 2010-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida 8-oʻrinni egallagan va keyingi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ishtirok etib, Avstriyada boʻlib oʻtgan turnirda 4-oʻrinni va Germaniyada esa 6-oʻrindan joy olgan. Kattalar toifasida raqobatlashgan juftlik, 2010-yilda „Zagrebning Oltin Konkisi“ musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Danilova yelkasidan jarohat olgan va operatsiyadan keyin bir yil davomida konkida ucha olmagan, shuning uchun Novoselovga boshqa sherik izlashi mumkinligini aytgan[2]. 2018-yil 16-sentyabr kuni Novoselov 2014-yil Sochi qishki Olimpiada o‘yinlarida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan Kseniya Stolbova bilan juftlikda bellashishi eʼlon qilingan[3].

Stolbova bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2019 - 2020

  • Rebirth

Hi-Finesse & Natacha Atlas


  • I’ll Take Care of You

Beth Hart & Joe Bonamassa

  • Moonlight Sonata (Epic Trailer Version)

Ludwig van Beethoven

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Rossiya vakili sifatida Stolbova bilan birgalikda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro
Musobaqa 2019 - 2020
GP Rostelecom Cup 5
Milliy
Rossiya chempionati WD

Fransiya vakili sifatida Esbrat bilan birgalikda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro
Tadbir 2015 - 2016 2016 - 2017 2017 - 2018 2018 - 2019
Jahon chempionati 16 27 25
Yevropa chempionati 13 10
GP Fransiya WD 7 WD
Bavarian Open 3
Nice kubogi 5
Tirol Cup 4
NRW Cup 2
Toruń Cup 3 5
Milliy
Fransiya chempionati 2 1
WD = musobaqani tark etgan

Rossiya vakili sifatida Novik bilan birgalikda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro
Tadbir 2011 - 2012 2012 - 2013 2013 - 2014
Ice Challenge 4
Nebelhorn Trophy WD
Toruń Cup 1
Milliy
Rossiya chempionati 8
WD = musobaqani tark etgan
  1. „Lola ESBRAT / Andrei NOVOSELOV: 2017/2018“. International Skating Union. 2018-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Daria Popova decided to end her competitive career“. Facebook. Facebook. Qaraldi: 2015-yil 31-iyul.
  3. „2018–19 figure skating season“, Wikipedia (inglizcha), 2019-06-05, qaraldi: 2019-06-06